Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua
-MAVZU AUDITORLIK TANLASH
Download 7.06 Mb.
|
Audit kafedrasi audit fanidan Oquv-uslubiy majmua
11-MAVZU AUDITORLIK TANLASH
BO‘YICHA TESTLAR 1. Auditorlik tanlashning populyatsiyasi nimani o‘zida ifoda etadi? A. Aniqlanadigan elementlar segmentini. B. Aniqlanadigan segmentni. C. Aniqlanadigan elementlar guruhidir. D. Depression bog‘liqlikni. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 2. Nazorat vositalarini test sinovidan o‘tkazishda tanlash risklarining qanday turlari mavjud? A. Tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo‘lganida to‘g‘ri gipotezani chiqarib tashlash riski. B. Tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu tizim ishonchsiz bo‘lganida noto‘g‘ri gipotezani qabul qilish ehtimoli. C. Umuman risk mavjud emas. D. A va B. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 3. Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi nimadan iborat? A. Ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o‘lchashdan. B. Hisob siyosatini tekshirishdan. C. Buxgalteriya hisobi tizimini tekshirishdan. D. Ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 4. Auditorlik tanlash - ? A. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir B. Bu alohida yozuvlar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir. C. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan moddalardir. D. Bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko‘rinishidagi tekshiriladigan to‘plamni shakllantirish uchun tanlab olingan elementlardir. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 5. Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirishning vazifasi nimadan iborat? A. Ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o‘lchashdan. B. Hisob siyosatini tekshirishdan. C. Buxgalteriya hisobi tizimini tekshirishdan. D. Ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 6. Tanlab tekshirish nimalarni o‘z ichiga oladi? A. Tanlash ko‘lami, kuzatish birligi. B. Tanlash birligi, tanlash uslublari. C. Saylab olish hajmi, salmoqli (reprezentativ) tanlash. D. A va B. E. A, B va D. 7. Qanday tanlashga uyg‘unlashgan tanlash deb ataladi? A. Tasodifiy sonlar jadvali bo‘yicha tanlash. B. Tasodifiy va sistematik tanlash usullarining yig‘indisi. C. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy interval tanlab olingan usul. D. A va B. E. A, B va D. 8. Tanlov o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganiladigan butun to‘plamni alohida guruhlar (quyi to‘plamlar)ga bo‘lish nima, deb ataladi? A. Stratifikatsiyalash. B. Dispersiyalash. C. Ekstrapolyatsiyalash. D. Determinlash. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 9. Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini qaysi hujjatda aks ettiradi? A. Auditorlik shartnomada. B. Auditorlik hisobotida. C. Auditorlik xulosasida. D. Auditorning ishchi hujjatlarida. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. 10. Tekshiriladigan to‘plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining ta’minlanishi nima, deb ataladi? A. Dispersiya. B. Ekstrapolyatsiya. C. Reprezentativlik. D. Stratifikatsiya. E. To‘g‘ri javob mavjud emas. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling