Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua


-jadval O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solishning pog’onalari


Download 7.06 Mb.
bet12/295
Sana28.10.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1731121
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

2-jadval
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solishning pog’onalari2

Pog’onaga bo’linishi

Asos

Tegishli me’yoriy hujjatlar

1-pog’ona



Qonunchilik asoslari



O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”(yangi tahriri, 26.05.2000 yil). “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”(yangi tahriri 13.04.2016 yil) qonun va boshqalar.

2-pog’ona



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida" 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-sonli Qarori, “Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”2008 yil 2 iyuldagi PQ-907 sonli Qarori, “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2015 yil 24 apreldagi PF-4720 sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi Qaroridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga 2018 yil uchun kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar(145-modda 17-18-bandlar, 147-modda 7-band) va boshqalar.

3-pog’ona

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Auditorlik faoliyati takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to’g’risida” 2000 yil 22 sentyabrdagi №365 sonli Qarori, “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xarajatlarini hisobga olish va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2003 yil 15 oktyabrdagi №444 sonli Qarori, “Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida” 2015 yil 27 oktyabrdagi №305 sonli Qarori va boshqalar.

4-pog’ona

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va auditning xalqaro standartlari

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Auditning xalqaro standartlari, auditor kasbiy etika kodeksi, ichki auditorlar instituti standartlari va boshqalar

5-pog’ona



O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS). Uslubiy ko’rsatmalar tushuntirishlar va auditorlik faoliyatiga doir boshqa me’yoriy hujjatlar

O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standartari (AFMS), O’zbekiston auditorlarining kasbiga oid axloq kodeksi, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy ko’rsatmalar, tushuntirishlar va auditorlik faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar. Masalan, auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risida nizom, auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumot, ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to’g’risidagi nizom, Ustav kapitalida davlat aktsiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda tashqi auditni o’tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro’yxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi to’g’risidagi nizom va boshqalar

6-pog’ona

Auditorlik tashkilotlarining ichki ishchi standartlari

Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yilgan talablar (AFMS №4), auditorlik tashkilotlarining ishchi standartlari, auditorlarning ishchi standartlari

Ushbu jadvalda auditorlik faoliyatini tartibga solish pog’onalariga bo’lishda yuqorida keltirilgan manbalar va chet el tajribasi asosida guruhlash tartibi ishlab chiqildi va bunda ularning huquqiy asosiga e’tibor qaratildi. Masalan, birinchi pog’onada auditorlik faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq qonunchilik asosi keltirilgan bo’lib, bevosita auditga tegishli qonundan tashqari bank va bank faoliyati to’g’risida, tadbirkorlik sub’ektlari to’g’risida, aktsiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonunlarda ham ushbu masalaning ayrim tomonlari berilgan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari” nomli ikkinchi pog’onada ushbu masala bo’yicha tegishli qonunchilik asoslari beriladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli Farmonida aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish, shu jumladan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va xalqaro audit standartlariga o’tish vazifasi qo’yilgan. Uchinchi pog’onada ushbu masalaga oid tegishli qarorlar o’zining aksini topishi kerak. 4-pog’ona odatda, tashqi audit jarayonida qo’llaniladigan standartlar va ularning xalqaro darajaga chiqishda katta ahamiyatga egaligi ko’rsatilgan va ular asosida amalga oshirilgan auditorlik tekshiruvlari moliyaviy faoliyat auditi va moliyaviy hisobotlar auditi chet ellik investorlar va foydalanuvchilar uchun asos bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standartlari ana shu xalqaro audit standartlari asosida ishlab chiqilgan va ushbu ishlar davom etirilmoqda. 5-pog’onaga auditorlik faoliyatining milliy standartlari va Moliya vazirligi, boshqa tegishli vazirlik va qo’mitalar tomonidan ularni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy va uslubiy ko’rsatmalarni kiritishimiz mumkin. Huquqiy nuqtai nazardan ushbu bosqich hujjatlari asosan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan yoki tegishli vazirlik va qo’mitalar tomonidan tavsiya sifatida ishlab chiqilgan bo’lishi mumkin. 6-pog’onaga auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yilgan talablar asosida har bir auditorlik tashkiloti tomonidan o’zida ishlab chiqilgan ishchi standartlar va ayrim auditorlar tegishli bo’linmalarni tekshirish jarayonida qo’llaniladigan ishchi standartlar qo’shilgan.
Albatta, ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda O’zbekiston Respublikasida inqirozdan chiqish va uning oldini olish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlanishi va unga qo’yilgan yangicha talablarni e’tiborga olish zaruriyati vujudga keldi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda mamlakatimizda anchagina ishlar amalga oshirildi. Jumladan, moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o’tish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda “Nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog’ini rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar turi va ko’lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash”3 masalasi va moliyaviy hisobotlarga qo’yiladigan talablar jumlasiga eng avvalo moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar asosida tuzilishi belgilandi. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvi va audit natijasi bo’yicha tuziladigan auditorlik hisobotlarini halqaro audit standartlari talabi darajasida tashkil qilish masalasi qo’yildi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda qilingan muhim ishlardan biri O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Aktsiyadorlik jamiyalarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil 24 apreldagi №PF-4720-sonli Farmoniga ko’ra “2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”4 deb belgilangan, ushbu Farmonni bajarish uchun tashqi audit tomonidan moliyaviy hisobotlar auditi auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirilishi belgilab qo’yildi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, undagi barcha moddalar, jumladan, qo’shimcha 21-,22-31-moddalar sharhiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq (3-jadval). Ushbu moddalarda auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari, auditorlik faoliyati standartlari va auditorning malaka sertifikatiga izoh berilgan.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling