Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua


-MAVZU: MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI


Download 7.06 Mb.
bet291/295
Sana28.10.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1731121
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   295
Bog'liq
Audit” kafedrasi “audit” fanidan O’quv-uslubiy majmua

15-MAVZU: MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Majburiyatlar auditi quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
A. Birlamchi hujjatlar o‘rganiladi va ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri qayd etilganligi aniqlanadi.
B. Sintetik va analitik hisob ma’lumotlari bo‘yicha tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar bilan hisob-kitob ishlari tekshiriladi, so‘ng qarzlarni haqqoniyligi inventarizatsiya qilinadi.
C. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar, so‘ng budjet bilan hisob-kitoblar tekshiriladi.
D. A va B javoblar to‘g‘ri.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas


2. Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha hisob-kitoblar qaydnomasi shaklini ko‘rsating.
A. F-2ISJ;
B. F-3ISJ;
C. F-4ISJ;
D. F-5ISJ;
E. F-6ISJ.

3. Joriy majburiyatlar auditida kamchiliklar sabablarini surishtirish auditorlik dalillarini olishning qaysi turiga mansub?


A. Nazorat;
B. So‘rov;
C. Hisoblash;
D. Analitik amallar;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


4. Hisobdor shaxsning ortiqcha sarflagan puli mehnat haqidan ushlab qolingan. Buxgalteriyada ushbu operatsiya bo‘yicha qaysi buxgalteriya provodkasi berilsa auditor buni to‘g‘ri, deb hisoblaydi?
A. Debet 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar”;
Kredit 4410-“Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar”.
B. Debet 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar”;
Kredit 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari”.
C. Debet 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar”;
Kredit 6410-“ Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)”,
D. Debet 4410-“Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar”.
Kredit 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar”.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.

5. Quyidagi schetlardan qaysilari ichki hisob-kitob muomalalari auditida foydalaniladi?


1. 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti.
2. 4210-“Mehnatga haq to‘lash uchun berilgan bo‘naklar” schoti.
3. 4220-“Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar” schoti.
4. 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti.
5. 6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schoti.
6. 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar” schoti.
7. 6720-“Deponentlashtirilgan ish haqi” schoti.
A. 1, 2, 3;
B. 1, 4, 5, 6, 7;
C. 2, 3, 6, 7;
D. 4, 5, 6, 7;
E. 1, 5, 6, 7;

6. Audit jarayonida bitta kompyuterning kamligi aniqlandi, boshlang‘ich qiymati 700000 so‘m, eskirishi 245000 so‘m, chakana bahosi 1000000 so‘m. Moddiy javobgar shaxs hisobiga necha so‘mlik mulk olib boriladi?


A. 455 ming.
B. 1000 ming.
C. 650 ming.
D. 1700 ming.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.


7. Tashqi hisob-kitob muomalalari auditida qaysi schetlardan foydalaniladi?
1. 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti.
2. 4210-“Mehnatga haq to‘lash uchun berilgan bo‘naklar” schoti.
3. 4220-“Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar” schoti.
4. 6010-“Mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schotlar” schoti.
5. 6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schoti.
6. 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar” schoti.
7. 6720-“Deponirlashtirilgan ish haqi” schoti.
A. 1,2,3;
B. 1,4,5;
C. 2,3,6,7;
D. 4,5,6,7;
E. 1,5,6,7.

8. Auditorlik tekshiruvida korxona foyda va boshqa soliqqa tortiladigan obyektlarni yashirganligi yoki kamaytirib ko‘rsatganligi aniqlandi. Bu holat amaldagi qonunchilikka binoan qanday ma’muriy jazoga tortiladi?


A. Daromad solig‘i foiz stavkasi miqdorida jarima to‘laydi.
B. Yashirilgan so‘mmaning 25% i jarimaga tortiladi.
C. Yashirilgan so‘mmaning yarmi jarimaga tortiladi.
D. Yashirilgan so‘mma jarimaga tortiladi.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.


9. MEB va xaridorlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
A. Amortizatsiya hisobi bo‘yicha, tovar muomalalari bo‘yicha.
B. Soliq majburiyati bo‘yicha, moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha.
C. Investitsiya bo‘yicha, soliq majburiyati bo‘yicha.
D. Tovar muomalalari bo‘yicha, moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha.
E. Tovar muomalalari, soliq majburiyati bo‘yicha.


10. Quyidagilardan qaysi biri ichki hisob-kitob muomalalari auditining ma’lumot manbai hisoblanadi?
A. MEBlar bilan hisob kitoblar.
B. Budjet bilan hisob kitoblar.
C. Auditorlik tashkiloti bilan hisob kitoblar.
D. Yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob kitoblar.
E. To‘g‘ri javob berilmagan.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling