Auditning axloq kodeksi va uning mohiyati reja: Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi


Auditning axloq kodeksi tamoyillari


Download 31.68 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi31.68 Kb.
#1559575
1   2   3   4
Bog'liq
76 Auditning axloq kodeksi va uning mohiyati

Auditning axloq kodeksi tamoyillari
Halollik deganda nafaqat haqiqatgo’ylik, shuningdek, beg’arazlik va ishonchlilik ham tushuniladi. Xolislik tamoyiliga mos holda hamma auditorlar adolatli, halol harakat qilishi va nizoga yo’l qo’ymasliklari lozim.
O’z funktsiyalarini bajarishda auditorlar hamisha xolis bo’lishlari lozim. Xolislik oldindan xulosa chiqarmaslikni, tarafkashlik va professional masalalarni ko’rib chiqishda, xulosa chiqarishda qandaydir ta’sir doirasiga tushib qolmaslikni bildiradi. Xolislikning etika talablariga amal qilishda:
Oldindan xulosa chiqarishga g’arazgo’ylik yoki boshqa shaxslarning xolislikka zarar keltiruvchi ta’siridan, munosabatlardan qochish;
Agar ular auditorning kasbiy muhokamasiga jiddiy va yo’l qo’yib bo’lmaydigan ta’sir o’tkazish mumkinligi haqida ongli ravishda faraz qilinsa, sovg’alar va boshqa mehmondo’stlik belgilarini qabul qilmasligi va o’zi ham taklif etmasligi zarur.
Professional kompetentlik – auditorga professional xizmatlarni malakali va sifatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar va ko’nikmalarning zarur hajmiga ega bo’lishdir. Auditorlar o’z bilim va tajribalarini bo’rttirib ko’rsatmasliklari kerak.
Maxfiylik - audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) auditorlik faoliyati davomida olgan yoki tuzgan hujjatlarining bus-butun (yaxshi) holda saqlashni ta’minlashga majburligi, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bu hujjatlarning yoki ularning nusxalarini uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emasligi (to’liq holda ham, qisman ham) yoki mulk egasi (rahbar)ning roziligisiz ulardagi ma’lumotlar mazmunini og’zaki ravishda ham boshqalarga oshkor qilmaslikni o’z ichiga oladi.
Maxfiylik tamoyiliga hatto tekshirilgan iqtisodiy sub’ekt haqidagi ma’lumotlar oshkor yoki e’lon qilinishidan unga moddiy yoki boshqa zarar etmasa ham, majburiy tarzda amal qilinadi.
Maxfiylik axborotlarni sir saqlash majburiyatini yuklaydi va kasbiy xizmat ko’rsatish davomida axborotlarni olgan auditordan bu axborotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi tomon manfaatlari uchun foydalanmaslik talablarini qo’yadi.
Mustaqillik bu auditorning audit qilinayotgan tashkilot ishlarida yoki uchinchi shaxsga bog’liq holda o’z fikrlari shakllanishida manfaatdorlikning (moliyaviy, mulkiy, qarindoshlik yoki boshqa har qanday) bo’lmasligini o’zida ifoda etadi.
Jamiyat manfaatlari yo’lida hamma auditorlar va auditorlik tashkilotlari audit qilinayotgan tashkilot va uchinchi shaxslardan mustaqil bo’lishi zarur.
Auditorlik tashkilotining obro’si. Auditorlar o’z faoliyatlarida auditorlik tashkiloti va uning xodimlari obro’sini oshiribgina qolmasdan, ushbu sohada muomalaning umumqabul qilingan etika me’yorlari ham hisoblanuvchi qator nuqtai nazarlar va asosiy tamoyillarga ham rioya qilishlari lozim. Bunday tamoyillarga vijdonlilik va kasb muomalasi kiradi.
Vijdonlilik – auditorlarning zarur sinchkovlik, e’tiborlilik, tezkorlik va o’z qobiliyatidan tegishlicha foydalangan holda professional xizmat ko’rsatishini ko’zda tutadi. Bunda auditorning o’z ishiga qunt va mas’uliyatli munosabatda bo’lishi auditorlik faoliyatining benuqsonligi kafolati sifatida qabul qilinmasligi lozim.
Auditorning kasb etikasi muomalaning ana shu bir nechta qoidalari bilan tugamaydi. Kasb muomalasi tamomila auditor faoliyatining hamma sohasiga taalluqlidir. Etika va uning intizomiy ta’sir etishi ularning faoliyatini o’zini-o’zi boshqarish hisoblanadi. Auditorlar boshqa shaxslar manfaatlarini hamisha esda tutishlari zarur. Ularni hal qilish qanchalik murakkab bo’lmasin, texnik tafsilotlarni hisobga olib, muammo mohiyati haqida eslashi lozim. Auditorlar uchun o’z kasblarining boshqa odamlarga ta’sir etish ruhini anglab etish va uni baholay olish muhimdir.
Moliya Vazirligi auditorlar palatasi professional buxgalterlar uyushmasi va boshqalar Respublikadagi auditorlik tashkilotlari faoliyatini tekshirib, ish sifatlarini nazorat qilib turadilar.
Auditning zarurligi. Auditorlik xizmatiga bo’lgan ehtiyoj quyidagi omillar sababli vujudga keladi:

  • Axborot tuzuvchilar (rahbariyat) tomonidan ob’ektiv bo’lmagan hisobotlar tuzilishi ehtimoli va uning oqibatida axborot foydalanuvchilar va uni tayyorlovchilar orasida nizo vaziyatlari vujudga kelishi;

  • Qarorlar qabul qilishning sifatli axborotga bog’liqligi;

  • Axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi;

  • Foydalanuvchilarga axborotning sifatliligini baholash uchun ruxsatning mavjud emasligi;

Yuqoridagi va boshqa sabablar mustaqil ekspert, etarli darajadagi tayyorgarlik, kvalifikatsiya tajriba va bunday xizmat ko’rsatishga huquqi bo’lgan xizmatni ijtimoiy taqazo qiladi. Auditorlik xizmati - bu moliyaviy axborotlarning ishonchliligini belgilovchi va boshqa buxgalteriya hamda maslahat xizmatlarini ko’rsatuvchi faoliyat.
Ishonchli axborot kapital bozorining samarali amalga oshishi va baholash imkoniyatini hamda turli iqtisodiy qarorlarning istiqbolini aniqlashga yordam beradi. Auditorlik tekshiruvlarini, u majburiy bo’lmagan holda o’tkazilishi ham katta ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona kredit muassasalari va boshqa xo’jalik sub’ektlari bilan mulk, mablag’ va tijorat operatsiyalari hamda investitsiya
faoliyatlarida shartnoma asosida munosabatda bo’ladilar. Ushbu munosabatlarning ishonchliligi va hamkorlikning hamma qatnashchilari moliyaviy axborotlardan foydalanishlari asosida tashkil etiladi. Bu axborotlarning ishonchliligi mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat uchun iqtisodiyot va soliqqa tortish sohalarida qarorlar qabul qilishda, sud, prakratura va tergov jarayoni uchun moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini korxonalar faoliyati natijalari to’g’risida axborotlarni mustaqil tasdiqlash muhimdir. Ayrim mualliflarning fikricha audit zarurligini asoslash uchun agentlar nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan audit ma’lum bir shaxslar moliyaviy axborotlarining ishonchliligi va doirasi tushuniladi. Aniq va to’g’ri ma’lumot nafaqat investorlar yoki aktsionerlar, balki kreditorlarga qarzning qaytarilishini to’g’ri baholash va foizlarni hisoblash uchun ham zarur. Davlat iqtisodiy siyosatni va soliq tizimini ishlab chiqish uchun ushbu aniq ma’lumotlarga tayanadi.
Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar to’g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar etarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bo’ldi. Bu davrda aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko’pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning to’g’riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan .
Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bo’lib, barcha investorlar, aktsiyadorlar, kreditorlar auditorlarni o’zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni asosidagi o’zgartirishlar bilan)

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom.

  4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

  5. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  6. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  7. Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов,

Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б.

  1. Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай,

А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с.

  1. Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2009 г. – 744 стр.

  2. Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр.

  3. Подольский В. Аудит. Учебник. – М.: Изд. Юрайт, 2010 г. – 605 стр. 12. Суйц В. Аудит. Учебное пособие. – М.: “КНОРУС ”, 2010 г. – 168 стр.

Download 31.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling