Auditorlik dalillar (500-son axs) reja
Download 23.13 Kb.
|
Auditorlik dalillar SS-50 Karimov A
Tahliliy amallar deganda auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklar-ning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi. Tahliliy amallar moliyaviy tahlilning taqqoslash, nisbatlar va koeffitsientlarni baholash kabi elementlari va usullaridan foydalanishni nazarda tutadi. Tahliliy amallarning eng ko’p tarqalgani taqqoslash bo’-lib hisoblanadi. Bunda quyidagilar taqqoslanadi: turli davrlar uchun schetlardagi qoldiqlar; moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari biznes-reja ko’rsatkichlari bilan; hisobot-ning har xil moddalar bilan oldingi davrlar ma’lumotlari o’rtasidagi nisbat; xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy ko’rsatkichlari iqtisodiyotning tegishli tarmogidagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan; moliyaviy axborotlar nomoliyaviy axborotlar (xo’jalik yurituvchi subektning faoliyati to’g’risidagi uning buxgalteriya hisobi tizimida bevosita aks ettirilmaydigan ma’lumotlar) bilan.
Tahliliy amallar auditni rejalashtirish chog’ida, tekshiruv jarayonida va uni yakunlash bosqichida qo’llaniladi. Download 23.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling