Auditorlik dalillari va auditorlik tanlash reja


Auditorlik tanlash usullari


Download 64.05 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi64.05 Kb.
#215403
1   2   3
Bog'liq
audit

3. Auditorlik tanlash usullari

  • Tanlovning oʻlchami auditor tomonidan ijozatli deb hisoblanadigan xato miqdori bilan aniqlanadi. Uning miqdori qanchalik kichik boʻlsa, tanlashning zaruriy oʻlchami shunchalik katta boʻladi.
  • 111
  • Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatolar auditor tomonidan tanlangan muhimlilik darajasiga muvofiq ravishda auditni rejalashtirish bosqichida aniqlanadi. Yoʻl qoʻyiladigan xatoning hajmi qancha kam boʻlsa, auditorlik tanlovining hajmi shuncha katta boʻlishi kerak.
  • 1. Nazorat tizimi vositalarini testdan oʻtkazishda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilangan va auditorlik tashkiloti rejalashtirish bosqichida aniqlangan nazorat rusum-qoidalaridan yuqori darajada ochish xato hisoblanadi.
  • 2. Hisobvaraqlar boʻyicha aylanmalar va qoldiq toʻgʻriligini tekshirishda saldoda yoki provodkalarning muayyan toifasidagi eng katta xato, yoʻl qoʻyiladigan xato hisoblanadi. Bunday xatolarning butun audit jarayoniga jamlanma ta‘siri, buxgalgeriya hisobotlari jiddiy xatolardan xoli ekanligini ishonchlilikning yetarli darajasida tasdiqlashga imkon berishi uchun auditorlik tashkiloti bunga yoʻl qoʻyishi mumkin.
  • Agar auditor tekshirilayotgan jamlanmada xato mavjud deb hisoblasa, bunday xatolarning umumiy miqdori yoʻl qoʻyiladigan xato oʻlchamidan oshmasligini tekshirish uchun katta miqdordagi tanlashni amalga oshirishi zarur. Agar auditor tanlash xatolardan xoli deb hisoblasa, kichik oʻlchamdagi tanlashdan foydalanadi.
  • Har qanday tanlash uchun auditorlik tashkilotining majburiyatlari:
  • 1. Tanlashga kirib qolgan har qanday xatoni tahlil etish;
  • 2. Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga ekstrapolyatsiyalash, ya‘ni tatbiq etish;
  • 3. Tanlash tavakkalchiliklarini baholash.
  • Tanlashga kirib qolgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda tanlashga kirib qolgan xatolarning tabiatini aniqlashi lozim:
  • 1. Tanlashni shakllantirishda u qanday aniq maqsadlarni koʻzlab oʻtkazilayotganini ta‘riflash va tanlashda aniqlangan xatolarni shu maqsadlarga muvofiq ravishda baholash lozim. Agar koʻzlangan tekshiruv maqsadlariga tanlash tekshiruvlari yordamida erishilmagan boʻlsa, unda auditorlik tashkiloti muqobil auditorlik rusum-qoidalarini oʻtkazishi mumkin.
  • 2. Auditorlik tashkiloti xatolarning sifat jihatini, ya‘ni ularning mohiyati va ularni yuzaga keltirgan sabablarni baholashi, shuningdek, ularning auditning boshqa uchastkalariga ta‘sirini aniqlashi mumkin.
  • Tanlab olish miqdori statistik koʻrsatkichlarga asoslangan formula yoki vaziyatlarga qarab xolis qoʻllanadigan kasbiy mulohaza asosida aniqlanishi mumkin. 7.1 va 7.2 - jadvallarda odatda tanlab olish miqdoriga va binobarin, tanlab olish tavakkalchiligiga ta‘sir koʻrsatadigan turli omillar keltirilgan.
  • Qoʻllaniladigan usul statistik tanlab olish ta‘rifiga javob bermasa ham, koʻpchilik holatlarda uning elementlaridan foydalaniladi, masalan, kompyuter tomonidan beriladigan tasodifiy raqamlardan foydalanib erkin tanlab olish. Shunga qaramasdan, qoʻllaniladigan usul statistik tanlab olish tavsiflariga ega boʻlgan holda, tanlab olishning statistik bahosi ishonchli boʻladi.
  • Tanlab olish miqdorini belgilashda auditor tanlab olish tavakkalchiligi maqbul boʻlgan past darajagacha pasaytirilganligini koʻrib chiqishi lozim. Tanlab olish miqdoriga auditor qabul qilishga rozi boʻlgan tanlab olish tavakkalchiligining darajasi ta‘sir koʻrsatadi. Auditor qabul qilishni rejalashtirgan tavakkalchilik darajasi qanchalik past boʻlsa, shunchalik tanlab olish miqdori koʻp boʻlishi lozim

Download 64.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling