«auditorlik faoliyati to’G’risida»gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi
Download 21.48 Kb.
|
AUDITORLIK FAOLIYATI TO
- Bu sahifa navigatsiya:
- «2-2-modda. Auditorlik faoliyati standartlari
- «3-1-modda. Auditorning malaka sertifikati
«AUDITORLIK FAOLIYATI TO’G’RISIDA»GI QONUNGA O’ZGARTIRISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITILDI RSS
16.05.2013 O’zbekiston Respubliksining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli “O’zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi 734-ХII-sonli Qonuniga (O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan 78-II-sonli Qonuni tahririda) quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi: 1) 1-moddaning ikkinchi qismi «Banklarni» degan so’zdan keyin «va boshqa kredit tashkilotlarini» degan so’zlar bilan to’ldirilsin; 2) 2-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi»; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin: «Auditorlik xizmatlari auditorlik tekshiruvlarini va ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlarni o’z ichiga oladi»; ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin; 3) quyidagi mazmundagi 2-2-modda bilan to’ldirilsin:
Auditorlik faoliyati standartlari auditorlik tekshiruvini o’tkazish, professional xizmatlar ko’rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo’yicha yagona talablarni belgilaydi. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o’tkazishda auditorlik xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro standartlarini qo’llashi mumkin»; 4) quyidagi mazmundagi 3-1-modda bilan to’ldirilsin:
Auditorning malaka sertifikati — auditorning malakasini tasdiqlovchi va auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko’rsatish huquqini beruvchi hujjat. Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi»; 5) 4-moddaning to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo’shiladi»; 6) 5-modda: beshinchi qismi: ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Auditor faqat o’zi ishlaydigan bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo’lishi mumkin»; to’rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi bo’lgan auditor rahbar bo’lishi kerak»; yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda tuziladi»; quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to’qqizinchi qismlar bilan to’ldirilsin: «Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori) bo’lishi mumkin emas. Auditorlik tashkilotining firma nomida „auditorlik tashkiloti“ so’z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o’hshash bo’lgan belgilar bilan ko’rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shahs o’z nomida „auditorlik tashkiloti“ so’z birikmasidan foydalanishga haqli emas»; 7) 7-moddaning birinchi qismi: yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «auditorlik xulosalari va hisobotlarining nushalari auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlanishini ta’minlashi»; o’ninchi xatboshisi ikkinchi jumlasining o’zbekcha matnidagi «shart» degan so’z chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi o’n birinchi xatboshi bilan to’ldirilsin: «auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart»; 8) 9-modda: birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligi va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir»; quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to’ldirilsin: «Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan o’tkaziladi»; 9) 10-moddaning birinchi qismi: sakkizinchi xatboshisi «va davlat unitar korhonalari» degan so’zlar bilan to’ldirilsin; quyidagi mazmundagi to’qqizinchi xatboshi bilan to’ldirilsin: «fond va tovar birjalari»; 10) 13-moddaning to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini o’z vaqtida to’lashi shart»; 11) 16-moddaning birinchi qismi: «v» kichik bandidagi «ikkinchi va uchinchi» degan so’zlar «ikkinchi, uchinchi va sakkizinchi» degan so’zlar bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi «g» kichik bandi bilan to’ldirilsin: «g) xodimi bir vaqtning o’zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan»; 12) 17-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to’ldirilsin: «xo’jalik yurituvchi sub’ekt taftish komissiyasining (taftishchisining) vazifalarini amalga oshirish»; 13) 18-moddaning: to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o’tkazgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo’lishi kerak»; beshinchi qismidagi «milliy» degan so’z chiqarib tashlansin; 14) 19-moddaning to’rtinchi qismidagi «milliy» degan so’z chiqarib tashlansin; 15) 21-modda ikkinchi qismining sakkizinchi va to’qqizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: «qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir lisenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir lisenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatga to’xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir lisenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ko’p bo’lgan muddatga to’xtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda lisenziyani bekor qilish to’g’risida sudga murojaat qiladi, shuningdek lisenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, tugatish va lisenziyani bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi; auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi»; 16) 27-moddaning uchinchi qismi: to’rtinchi xatboshisi o’zbekcha matnidagi «ishtirok etadi» degan so’zlar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to’ldirilsin: «auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil qilishda ishtirok etadi». «O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami», 2013 yil 6 may, 18-son, 233-modda Download 21.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling