Auditorlik tekshiruvi natijalarini baholash va umumlashtirish


Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari


Download 8.55 Kb.
bet3/3
Sana18.10.2023
Hajmi8.55 Kb.
#1708329
1   2   3
Bog'liq
Valyuta operatsiyalarini tashkil etish va hisobi

3. Valyuta operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.


O‘zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan valyuta siyosati, bevosita hukumat tomonidan ishlab chiqilgan islohotlar strategiyasiga muvofiq holda olib borilmoqda. Davlat tomonidan valyutaviy huquqlarni himoyalashga doir mustaxkam qonunchilik va institutsional asosni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rgan holda – davlat bosh islohotchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu shuningdek, valyuta bozori infratuzilmasini yaratishga doir aniq maqsadga yo‘naltirilgan siyosatning amalga oshirilishida ham namoyon bo‘lmoqda. SHu tarzda davlat islohotlarining murakkab bosqichlarida islohotlarni ancha oshirishga qodir bo‘lgan etakchi kuch ekanligini ko‘rsatmoqda. Davlat shuningdek, bir qator maxsus davlat organlarini tashqil etish yo‘li bilan islohotlarni tartibga solishni amalga oshirmoqda. Albatta, Markaziy bank davlat banki sifatida bu borada muhim o‘rin tutadi.
Download 8.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling