Auditorlik tekshiruvida tahliliy amallarni qo’llash Reja


Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va bosqichlari


Download 118.67 Kb.
bet2/9
Sana19.06.2023
Hajmi118.67 Kb.
#1615620
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Auditorlik tekshiruvida tahliliy amallarni qo’llash

1. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning tamoyillari va bosqichlari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvlari audit rejasiga binoan qonunchilik, milliy va xalqaro standartlarga binoan maʼlum ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Yaʼni, dastlab, audit tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma rozilik va majburiyat xati imzolanadi. Soʻngra tashkilotning ahvoli (tashkilot faoliyati, uning buxgalteriya va moliyaviy hujjatlari) bilan birlamchi tanishuv amalga oshiriladi. Bunda, auditning dastlabki rejasi tuziladi hamda audit oʻtkazish boʻyicha roziligini yozma ravishda majburiyat shaklida ifodalaydi. Natijada, rozilik va majburiyatlar asosida auditorlik shartnomasi imzolanadi. Shartnoma ikki tomonlama tasdiqlangandan keyin, auditorlik tashkiloti tekshiruvni oʻtkazish boʻyicha umumiy reja va ishchi dasturni tuzadi.
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazishning umumiy rejasida audit oʻtkazish davri, tekshirishga moʻljallanayotgan ish hajmi, tekshirish muddati, ijrochilar koʻrsatiladi. Dasturda esa auditda qoʻllanilayotgan aniq usullar, tekshirish muddatlari, audit natijalarini rasmiylashtirish tartibi ifodalanadi.
Auditning samaradorligi uni toʻgʻri rejalashtirishga bevosita bogʻliqdir. Auditorlik tashkilotlari turli mulk va tarmoq shaklidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatlarini tekshiradi. Ushbu faoliyatlar oʻz navbatida bir-biridan xususiyatiga koʻra, hisob siyosatiga koʻra farq qiladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishda rozilik xati berilishi nazarda tutiladi. Buning uchun esa shartnoma imzolashdan oldin auditning dastlabki rejasi tuziladi. Ayrim iqtisodchi olimlar: “Auditni rejalashtirish - auditning taktikasi va strategiyasini aniqlashdir” - deb ham eʼtirof etishgan . Audit strategiyasi qoʻyilgan maqsad va vazifalarni maʼlum ketma-ketlikda va aniq istiqbolga asoslanib bajarilishini taʼminlasa, audit taktikasi esa qoʻyilgan maqsadlarga erishishning shakl va usullarini ifodalaydi.




1-chizma. Auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishni tashkil qilish bosqichlari.2
Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangʻich bosqichi boʻlib, auditorlar reja tuzilgunga qadar, bevosita, tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. 300-sonli AXSga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:
a) auditni dastlabki rejalashtirish;
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishda ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv oʻtkazilganida bunday koʻp bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, unchalik katta boʻlmagan xoʻjalik muomalalari kam sodir boʻladigan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugʻullanuvchi mikrofirmalarda audit oʻtkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga muvofiq emas.
Agar auditorlik tashkilotining koʻpchilik mijozlari kichik va oʻrta biznes korxonalariga taalukli boʻlsa, u holda unchalik katta boʻlmagan tuzatishlar kiritilganida koʻpchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chogʻida audit dasturini batafsil tuzishga maxsus eʼtibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta boʻlib, ular bir-birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq qilishlari mumkin.. Shuningdek, auditor qandaydir boshqa tamoyillar boʻyicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chogʻida asosiy eʼtiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur.
Qayd etish lozimki, audit rejasi toʻliq faoliyatni qamrab olishi va rejalashtirish bosqichlarining oʻzaro bogʻliq va ixcham boʻlishi hamda uzluksiz, bir-birini toʻldirib borishi shart. Audit rejasi va dasturi audit natijasini hujjatlashtirish bilan uzviy bogʻlangan boʻlishi kerak. Rejaning uzluksizligi deganda ushbu rejada auditning barcha obyektlari boʻyicha vazifalarning aniq belgilanishi va ichki nazorat tizimi bilan aloqadorligi hamda yakuniy aniq natijaga tezroq erishish usullarining mavjudligi tushuniladi. Tashkilot faoliyati audit qilinganda, uning barcha boʻlimlari (filiallari) va ulardagi xoʻjalik jarayonlari ham tekshirilib, yakuniy natijalar umumiy xulosaga kiritilishini taʼminlaydi.Audit rejasi ixcham va tushunarli tuzilgan boʻlishi kerak. Rejada audit oʻtkazish tartibi va usullari yaqqol namoyon boʻlishi, uning ijobiy tomonlari keltirishi lozim. Ammo, auditorlar oʻzlariga maʼqul usulni tanlab audit oʻtkazadilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, auditorlik faoliyatini rejalashtirishni quyidagicha tasvirlaymiz (2-chizma).


Download 118.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling