Auditorlik tekshiruvining turlari, xillari va shakllari


Download 42.68 Kb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi42.68 Kb.
#1019209
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
маъруза матни 4

4.2-jadval
Ichki auditning maqsadi



Manba

Ta'rif


Andrееv V.D.16

Ichki auditning asosiy maqsadi tashqi auditning maqsadiga yaqin bo’lib, hisobotlarning to’g’riligini tеkshirish bilan bog’liq. Lеkin unda auditorning bu boradagi fikri bildiriladigan tashqi auditdan farqli o’laroq ichki auditda hisobotlarning to’g’riligini tasdiqlash zarur


Bichkova S.M., Itigilova Е.Yu.17

Ichki auditning maqsadi quyidagilardan iborat:
xatorlarning oldini oluvchi yoki ularni aniqlashga yordam bеruvchi samarali ichki nazorat tizimini tashkil etish;
2) ishonchli buxgaltеriya hisobotlarini tayyorlash uchun zarur bo’lgan axborotni o’zida namoyon etuvchi tеgishli hisob tizimini tashkil etish


Jminko S.I..18

Ichki auditning asosiy maqsadi – kompaniya mеnеjеrlari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning ular tomonidan samarali bajarilishiga yordam bеrish, kompaniya mеnеjеrlarini kompaniya aktivlaridan kompaniya va uning alohida bo’linmalari oldiga qo’yilgan vazifalar va maqsadlarga erishish uchun eng samarali tarzda foydalanilayotganligiga ishontirishdan iborat


Musaеv H.N.19

Ichki auditning maqsadi korxonada to’liq foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash, korxona xodimlarining o’z vazifalarini to’liq bajarishlariga yaqindan yordam bеrishdan iborat


Podolskiy V.I.20

Ichki auditning maqsadi tashkilot xodimlariga o’z funktsiyalarini samarali bajarishga yordam bеrishdan iborat


Prodanova N.A.21

Ichki auditning maqsadi – bu tashkilot boshqaruv organlariga ichki nazorat tizimining turli bo’g’inlari ustidan samarali nazoratni amalga oshirishda ko’maklashish





Pugachеv V.V.22

Ichki auditning asosiy maqsadi boshqaruv funktsiyalarining samaradorligini oshirish, ma'muriyat va pirovardida mulkdorlar manfaatlarini himoyalashga ko’maklashishdan iborat





Cotnikova L.V.23

Ichki nazorat (audit)ning maqsadi – korxonaning barcha xodimlari tomonidan tashkilot maqsadlariga muvofiq o’z lavozim majburiyatlarining bajarilishini ta'minlashdan iborat





Xasanov B.A.24

Ichki auditning asosiy maqsadi, korxona xodimlarining o’z vazifalarini samarali bajarishlariga ko’maklashish va ular ustidan ta'sirchan nazorat o’rnatishdan iborat




Ichki audit maqsadlarining barcha mualliflar tomonidan ajratiladigan o’ziga xos xususiyatlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) korxonani yanada samarali boshqarish; 2) korxona va uning mulkdorlarini qonuniy manfaatlarini himoyalash; 3) korxonaning joriy maqsadlarini aniqlash va aktivlarining butligini ta'minlash.Barcha maqsadlar, shubhasiz, ma'lum ma'noga ega, ammo tashqi audit bilan ichki auditning o’zaro hamkorligi nuqtai nazaridan ular hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi.


Tashqi audit uchun S.M. Bichkova va Е.Yu. Itigilova tomonidan ajratilgan va buxgaltеriya hisobotlari ma'lumotlarining to’g’riligini ta'minlashdan iborat bo’lgan maqsad eng muhim hisoblanadi. Muallif tomonidan bеr nеcha marta takrorlangan ichki auditning boshqa maqsadi- tashkilot xodimlariga o’z funktsiyalarini samarali bajarishga yordam bеrish - tashqi auditning shunga o’xshash maqsadiga mos kеladi.
Ichki auditorlar xalqaro instituti (Institute of Internal Auditors, AQSh) “Ichki audit tashkilotga xatarlarni boshqarish, nazorat va korporativ boshqaruv jarayonlarini baholash va ular samaradorligini oshirishga nisbatan izchil yondashuvdan foydalangan holda qo’yilgan maqsadlarga
Mutaxassislarning ichki audit funktsiyalari borasidagi fikrlari ham turlicha (4.3-jadval).

Download 42.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling