Аудиторское заключение
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
Auditorlik maslahati
Topshiriq. Xo’jalik ob’ektining qiziqtirgan savollariga maslahat berish. Maslahat berishni yozma ravishda rasmiylashtirish lozim. Javoblar aniq, qisqa va me’yoriy hujjatlardan misollar keltirib yozilishi kerak. Maslahat uchun savollar. Joriy hisobot davriga tegishli, hisobot tuzilganga qadar aniqlangan xatolarni buxgalteriya hisobotida qanday aks ettiriladi? Joriy hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillardagi xatolar hisobda qanday aks ettiriladi? Korxona turli faoliyat bilan shug’ullanadigan bo’lsa foyda solig’i bazasi qanday aniqlanadi? Transport vositasiga 100% eskirish hisoblangan bo’lib shartnoma bahosida 184000 so’mga sotib olingan. Bu transport vositasiga amortizatsiya hisoblash kerakmi? Transport vositasini asosiy vositalar tarkibiga qqshilganda qanday buxgalteriya provodkalari beriladi? Korxona telefon o’rnatish va uning xizmati, kommutator xizmati, o’t o’chirish sistemasi, signalizatsiya moslamalari xarajatlari qanday xarajatlar tarkibida hisobga olinadi? Yilning natijasi bo’yicha o’tkaziladigan majburiy auditorlik xizmati uchun to’lov sarflari qaysi xarajatlar tarkibida hisobga olinadi va soliqqa tortish bazasiga qqshiladimi? Temir yql chiptasida temir yo’l ta’rifi va sug’urta summasi ko’rsatilgan QQS summasini qanday ajratish mumkin. Temir yo’l chiptasining jami summasidanmi yoki temir yo’l ta’rifi summasidanmi? Sho’’ba korxona alohida balans va hisob-kitob schyotiga ega. Nizom talablariga ko’ra o’zining tushumini bosh korxonaga pul ko’chirish orqali o’tkazib berish kerak. Bosh korxonaga naqd pulda belgilangan limitda ortiqcha to’lash huquqiga egami? Xo’jalik shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun jarima summalari qaysi mablag’lar hisobidan qoplanadi? Ustav kapitalidagi xorijiy ta’sischilarning ulushini baholash tarkibi qanday amalga oshiriladi? Kichik korxonalarida yagona soliq to’lash kriteriyalari qanday tartibda amalga oshiriladi? Sho’’ba korxona va qaram korxonalarni tuzishda qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslanadi? Safar xizmati xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi? Xorijiy mamlakatlar bo’yicha safar xizmatlarini hisoblash va hisobdan chiqarish xususiyati qanday amalga oshiriladi? Vakillik xarajatlari me’yorlari va ularni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi? Reklama xarajatlari me’yorlari va hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi? Kadrlar tayyorlash xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi? Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun berilgan moddiy yordam pullari mahsulot tannarxiga kiritiladimi? Kredit foizi summalari mahsulot tannarxiga kiritiladimi? Korxona investitsiya uchun qilingan sarf xarajatlar, jumladan sotib olingan asosiy vositalar qaysi qiymatda (boshlang’ich yoki qoldiq) soliq solish bazasidan imtiyoz sifatida chegirib tashlanadi? Asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga sotilganda qanday tartibda va qaysi qiymatidan QQS to’lanadi? Tekinga olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanadimi? Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling