TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Material qiymatliklarni tekshirishda qanday me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?
To’g’ri baholash qanday belgilanadi:
materiallarga;
tovarlarga;
inventar va xo’jalik jihozlariga?
Inventar va xo’jalik jihozlarining kirimga olinishi va hisobdan chiqarilishini to’g’riligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Inventar va xo’jalik jihozlariga eskirish hisoblanadimi?
Material resurslarni mavjudligi va saqlanishini to’g’riligini qanday tekshiriladi?
Ishlab chiqarish zahiralarining harakati bo’yicha muomalalarni hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilishini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarish zahiralaridan kelgan kamomad va nobudgarchiliklarni hisobdan chiqarilishi bo’yicha muomalalarning to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi?
Ishlab chiqarish zahiralarining auditini tekshirish manbalari bo’lib qaysi dastlab hujjatlar va buxgalteriya schyotlari hisoblanadi?
Ishlab chiqarish zahiralarining inventarizatsiya natijalari qanday rasmiylashtiriladi va unda kimlar ishtirok etishlari lozim?
Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish qanday amalga oshiriladi?
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.Tovar-moddiy zahiralar auditi auditining maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o’tkazish tartibi.
2.Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ketma-ketligi.
3.Tovar-moddiy zahiralarning mavjudligi va saqlanishini nazorat qilish uslubiyoti.
4.Tovar-moddiy zahiralar buxgalteriya hisobini tekshirishning xususiyatlari.
5.Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash vaqtida baholashning to’g’riligini tekshirish.
6. Moddiy boyliklarni sotish va boshqacha tarzda hisobdan chiqarishga doir muomalalarni tekshirish.
7.Inventar va xo’jalik ashyolari bo’yicha ma’lumotlarni tekshirish. 8.Tugallanmagan ishlab chiqarishni tekshirish xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |