Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet5/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Talab qilinadi:

  1. Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo’lsa qaysi taklifni qabul qilishi kerak?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;


Masala. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tadigan aktsiyadorlik jamiyati auditorlik tashkilotiga ushbu yilda o’tkaziladigan tekshiruvning ob’ekti qilib ular uchun yangi soha bo’lgan eksport-import operatsiyalarini olishni taklif qildi.
Talab qilinadi:

  1. Majburiy auditorlik tekshiruvi bo’yicha shartnoma ob’ekti bo’lib faqatgina eksport-import operatsiyalari bo’lishi mumkinmi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.



Masala. Majburiy auditorlik tekshiruvi vaqtida, 2022 yil mart oyida, asosiy vositalar inventarizatsiyasi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu mart oyida o’tkazilgan inventarizatsiya natijasi bilan 2022 yil 1 yanvar holatiga bo’lgan asosiy vositalar mavjudligi haqida xulosa berib bo’ladimi?
Talab qilinadi:

  1. Ushbu holatda auditor yana qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;



Masala. “A” tadbirkor auditor bilan birgalikda bir necha hafta davomida Farg’ona vodiysida sayr qilmoqda. Sayohat davomida tadbirkor har xil korxonalarda o’z ulushi bilan qatnashish imkoniyatini axtarib yuribdi. Auditor unga kapital qo’yilmalari bo’yicha maslahatlar berishi va tadbirkor a’zo bo’lgan jamoat korxonasining yillik moliyaviy hisobotini tekshirishi lozim.
Talab qilinadi:

  1. Mustaqillik printsipidan kelib chiqqan holda, auditorning faoliyatini maslahatchi va yillik moliyaviy hisobotni tekshiruvchi auditor sifatida qanday baholash mumkin?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.



Masala. Yillik hisobotni tekshirish davomida auditor o’z mijozining raqobatbardosh korxonasini sotib olish niyati borligini aniqladi. Agar ushbu dalil (fakt) ma’lum bo’lib qolsa, raqobatbardosh korxonaning aktsiyalarining kursi oshib ketadi. Auditor vositachilar yordamida ushbu korxonaning aktsiyasini sotib olish va shu bilan birga yuqori foyda olish imkoniyatidan voz kechish niyati yo’q.
Talab qilinadi:

  1. Auditor bunday holda professional majburiyatini buzmayaptimi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.



Masala. Bir necha yillar davomida mijoz o’z moliyaviy hisobotlarini tasdiqlab berish to’g’risida faqat bitta auditorlik firmasiga murojaat qilmoqda. Ushbu vaqt davomida auditorlik tekshiruvida bir auditorlarning brigadasi qatnashib kelmoqda va ular yildan-yilga auditning aniq bir uchastkalarida (“Asosiy vositalar”, “tovarlar” va h.k.) ixtisoslashmoqda.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling