Аудиторское заключение
Tranzaktsiya bo’yicha agentning yakuniy hisoboti
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Provayder Servis Summa
- Tranzaktsiya- lar soni
- Provayder Naqd summa Plastik kartalar
- Xo’jalik operatsiyasining mazmuni Summa (so’m)
- 11.6-MAVZU: MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH MUOMALALARI AUDITI Quyidagi atamalarga izoh bering
- TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
- MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala.
- Debet
Tranzaktsiya bo’yicha agentning yakuniy hisoboti
Yuqorida keltirilgan muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan:
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing. 11.6-MAVZU: MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH MUOMALALARI AUDITI Quyidagi atamalarga izoh bering: Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, umumiy ishlab chiqarish xarajatlari, bevosita va bilvosita xarajatlar, ustama xarajatlar, mahsulot tannarxini aniqlash usullari, ishlab chiqarishdagi brak, tayyor mahsulotning baholanishi va saqlanishi, sotish bilan bog’liq xarajatlar, mahsulot sotishdan tushgan tushum va sof tushum. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR Ishlab chiqarish xarajatlari auditining oldiga qanday maqsad qo’yiladi? Ishlab chiqarish xarajatlari auditining qanday me’yoriy asoslari va xususiyatlari mavjud? Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish qanday amalga oshiriladi? Yordamchi ishlab chiqarishlar auditi qanday amalga oshiriladi? Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi? Mahsulot tannarxi to’g’ri aniqlanganligini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Ishlab chiqarishdagi brak auditi qanday amalga oshiriladi? Tayyor mahsulotni baholashning auditi qanday amalga oshiriladi? Tayyor mahsulotning saqlanishi auditi qanday amalga oshiriladi? Sotish xarajatlari auditi qanday amalga oshiriladi? Tayyor mahsulotlarni jo’natish bo’yicha muomalalar to’g’riligining auditi qanday amalga oshiriladi? MUSTAQIL ISH MAVZULARI 1.Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi. 2.Ishlab chiqarish xarajatlari auditining me’yoriy asoslari va xususiyatlari. 3.Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish. yordamchi ishlab chiqarishlar auditi. 4.Umumishlab chiqarish xarajatlari auditi. 5. Mahsulot tannarxi to’g’ri aniqlanganligini tekshirish. 6.Ishlab chiqarishdagi brak auditi. 7.Tayyor mahsulotni baholashning auditi. 8.Tayyor mahsulotning saqlanishi auditi. 9.Sotish xarajatlari auditi. 10.Tayyor mahsulotlarni jo’natish bo’yicha muomalalar auditi. MAVZU BO’YICHA MASALALAR Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish vaqtida quyidagilar aniqlandi: Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko’rsatish uchun pul to’langan: Debet 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti -3000000 so’m; Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -3000000 so’m, Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan: Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti -1500000 so’m; Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -1500000 so’m, Oborot mablag’larini to’ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to’langan: Debet 6810-“Qisqa muddatli kreditlar” schyoti -74000 so’m; Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti -74000 so’m, 8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg’a olingan Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti -270000 so’m; Kredit 5010-“Milliy valyutadagi pul mablag’lari” schyoti -270000 so’m, Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 2. Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang. Masala. Auditor tomonidan uskunani montaj qilish uchun sarflangan xarajatlarni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilganligi aniqlandi. Ushbu montaj ishlari montaj qiluvchi tashkilot tomonidan bajarilgan bo’lib, ushbu montaj amaldagi asosiy vositalarni rekonstruktsiya (modernizatsiya) qilish ishlari tarkibiga kiritiladi. Talab qilinadi: 1. Bu holatda qanday me’yoriy hujjat buzilgan? Xatoning sababini aniqlang va ushbu muomalalarni aks ettiruvchi buxgalteriya provodkalarini bering. 2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 3. Xato va kamchiliklar ro’yxati jadvalini tuzing. Masala. “Adolat” kompaniyasi o’z mijozi “Bek” kompaniyasiga tovarlar uchun 10 kun ichida to’lovni amalga oshirish sharti bilan 5% li chegirmani taklif etgan. To’lovning eng uzoq muddati 30 kun. shartnomaga muvofiq xaridor kompaniyaga “Adolat” kompaniyasi tomonidan tovarlar 1 iyulda jo’natilgan. to’lovning dastlabki summasi 10000 mln. so’mni tashkil qilgan. Bunda “adolat” kompaniyasi bosh buxgalteri tomonidan quyidagi yozuvlar berilgan: 1 iyul holatiga: Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling