Аудиторское заключение


-MAVZU: DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

21-MAVZU: DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY 
NATIJALAR AUDITI 
 
Quyidagi atamalarga izoh bering: Mahsulot sotishdan tushgan tushum
asosiy faoliyat foydasi, umumxo‘jalik foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad 
va xarajatlar, favqulodda foyda va zararlar, soliq to‘lagunga qadar foyda, soliq 
bazasi, soliq va buxgalteriya foydasi, sof foyda. 
 
Auditning maqsadi. Sotishdan tushgan tushum ko‘rsatkichlarini hisobotda 
aks ettirilishini ishonchliligiga baho berish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini va 
mahsulotlarni sotishni hisob va hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish. 
Auditning vazifalari
1. Mahsulot (ish, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha muomalalarni hujjatlarda 
to‘g‘ri aks ettirish hamda to‘liqligini tekshirish. 
2. Mahsulot (ish, xizmatlar) realizatsiyasi analitik va sintetik hisobi yuritilishi 
to‘g‘riligini tekshirish. 
3. Tovar va xizmatlar bahosi to‘g‘ri shakllanganligini tekshirish. 
4. Sotilgan mahsulot tannarxini to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish. 
5. Mahsulot realizatsiyasi muomalalarini soliq qonunchiligiga muvofiqligini 
tekshirish. 
6. Mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarni to‘g‘ri aniqlash va 
hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshirish. 
7. Xarajatlarni elementlari bo‘yicha shakllanishini tekshirish. 
8. Mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri aniqlashni tekshirish. 
9. Mahsulot turlariga va tugallanmagan ishlab chiqarishga xarajatlarni 
taqsimlanishini tekshirish. 
 
 
 


178 
 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Moliyaviy natijalarni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy 
hujjatlarni keltiring? 
2. Xarajatlarni audit qilish qanday tashkil etiladi? 
3. Ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlarni to‘g‘ri aniqlashni qanday tekshiriladi? 
4. Operatsion daromadlar va xarajatlarni shakllantirishni to‘g‘ri tekshirish 
qanday amalga oshiriladi? 
5. Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday 
amalga oshiriladi? 
6. Korxonalar faoliyati moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydaning 
ishlatilishi qanday tekshiriladi? 
7. Xarajatlar, Tushumilar va realizatsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni 
audit qilishda qaysi hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo‘lib 
hisoblanadi? 
8. Xarajatlar schyotining analitik amalga oshiriladi? 
9. 9000, 9600 «Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlar» va 
«Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining analitik hisobini tekshirish 
tartibini qanday amalga oshiriladi? 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling