Аудиторское заключение
Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olishda
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi atamalarga izoh bering
10. Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olishda
qaysi schyotlardan foydalaniladi? A. 5510, 5520 B. 5110, 5510 C. 5110, 5510 D. 5510, 5210 E. 5510, 5710 166 17-MAVZU: MAJBURIYATLAR AUDITI Quyidagi atamalarga izoh bering: Debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va ularni olish shartlari, xizmat safari uchun berilgan bo‘naklar, xaridor va buyurtmachilar, mol etkazib beruvchilar, da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, moddiy javobgar shaxslar, ta’sischilar bilan hisoblashishlar. Auditning maqsadi. Debitor va kreditorlik qarzlar bo‘yicha hisobot ko‘rsatgichlarini ishonchliligi uchun etarli dalillar olish. Hisoblashish va kredit muomalalari auditining asosiy vazifalari. 1. Vaqtida undirilmagan va korxona tomonidan talab qilmagan qarzlar mavjud bo‘lsa ularga chora-tadbirlar ko‘rish va undirish choralarini ko‘rib chiqish. 2. Hisob ma’lumotlaridagi kredit va qarzlarini hujjatlarini va uni realligini nazorat qilish. 3. Olingan qarzlarni maqsadga muvofiq ishlatilishini va uni o‘z vaqtida qaytarilishini tekshirish. 4. Kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘g‘ri to‘lanishini nazorat qilish. 5. Olingan kreditlarni asosligini va qonunga muvofiqligini tekshirish. 6. Hisoblashish va kredit muomalalari bo‘yicha sintetik va analitik hisob yuritilishini to‘g‘riligini tekshirish. NAZORAT SAVOLLARI 1. Berilgan kreditlarni ta’minlanishini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi? 2. Safar xizmatiga jo‘natilgan xodimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi? 3. Kredit va qarzlar bo‘yicha muomalalarni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi? 167 4. Hisoblashish muomalalari qanday me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi? 5. Hisoblashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi qanday? 6. Hisoblashish va kredit muomalalarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishi manbalari bo‘lib xizmat qiladi? 7. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy hususiyatlari mavjud? 8. Berilgan va olingan avanslar bo‘yicha hisoblashishlar auditining qanaday asosiy hususiyatlari mavjud? 9. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar auditining qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 10. Da’volar bo‘yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlar mavjud? 11. Byudjet bilan hisoblashishlar auditining qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 12. Byudjetdan tashqari fondlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 13. Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday xususiyatlari mavjud? 14. Moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 15. Moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 16. Ta’sischilar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 17. Turli debitor va kreditorlar bo‘yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 18. SHo‘‘ba korxonalar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? 19. Kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling