Talab qilinadi: Hisoblangan ish haqining to‘g‘riligini aniqlang.
9-masala. “Fayzteks“ qo‘shma korxonasi dekabr oyida hodimlarga ish haqqi
hisoblangan va provodka berilmagan .
Provodkalar bering:
1) boshqaruv hodimlariga 2500000 so‘m hisoblangan;
2) ishlab-chiqarish hodimlariga 22200000 so‘m.
Boshqaruv hodimlari soni 6 kishi, ishlab chiqarish hodimlari soni 54-kishi, har
biriga teng miqdorda ish haqi hisoblangan
Topshiriq: YUqoridagi muomalalarga buxgalteriya provodkalarini bering va
ish haqqidan daromad solig‘i hamda majburiy ishlanmalarni ushlang.
10-masala “Gaz maxsus-ta’mir“ DUK da o‘tkazilgan inventarizatsiya
natijasida 25 mln so‘mlik yoqilg‘idan 3 mln so‘mlik kamomad aniqlandi. Javobgar
shaxs ta’minlanmagandan so‘ng, davr xarajatlarga o‘tkazildi va quyidagicha
provodka berilgan (Tabiy kamayish miqdori 5%).
Dt 9430 Kt 1050 3 mln.
Topshiriq:
YUqoridagi
ma’lumotlar asosida to‘g‘ri buxgalteriya
provodkalarini bering va auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
11-masala. Korxonaga qabul qilingan yangi buxgalterdan ishchilarga ish haqi
hisoblash va undan daromad solig‘i ushlash talab qilindi: asosiy ishlab chiqarishdagi
- 7 kishiga 87000 so‘mdan, yordamchi ishlab chiqarishdagi -10 kishiga 110 000
so‘mdan, boshqaruv xodimlari - 3 kishiga 125000 so‘mdan. Buxgalter quyidagi
provodkalarni bergan:
Dt 2010, 2310, 2510 Kt 6710 2100 000 so‘m,
172
Dt 2010, 2310, 2510 Kt 6510 288500 so‘m.
Topshiriq: YUqoridagi muomalalar buxgalter tomonidan to‘g‘ri hisobga
olinganligini va soliq summalari to‘g‘riligini tekshiring..
173
18-MAVZU: KORXONA XUSUSIY KAPITALI AUDITI
Do'stlaringiz bilan baham: |