Autizm bilan ishlashda korreksion yondoshuvlar


Son-Rise Terapiyasi asosi


Download 1.04 Mb.
bet3/4
Sana13.01.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1092291
1   2   3   4
Bog'liq
13mavzu slayd

Son-Rise Terapiyasi asosi-autizm sindromli farzandi bor ota-onalarni u bilan muloqotda o’zaro muloqot quvonchi va mamnuniyat tug’dirishi uchun, uni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilinishiga tayaniladi.
DLT (Daily Life Therapy )– kundalik hayot terapiyasi. Ushbu yondashuvning asosiy maqsadi bolalarda kundalik hayot uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirish, shu jumladan kommunikativ ko’nikmasini ham. Me’yoriy xulq-atvorni o'rgatish va noodatiy xatti-harakatlarni tuzatish jismoniy faoliyatlar, hissiy emotsional holatni boshqarish va guruhda o’quv ko'nikmalarni o'rgatish orqali amalga oshiriladi.

AUTIZMNI KORREKSIYALASHDA HISSIY-SEMANTIK YONDASHUV


Hissiy-semantik yondashuv autizmda aqliy disontogenezning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlagan tadqiqotlarga asoslanadi va ASB bilan kasallangan bolaning affektiv rivojlanishini me’yorlashtirishga qaratilgan. Ushbu yondashuv semantik hisoblanadi, chunki uning asosiy vazifasi bolaning atrof – muhit bilan faol va differensial munosabatlarini rivojlantirish uchun tayanch bo'lishi mumkin bo'lgan individual affektiv tajribasini to'plash va mazmunli tartibga solishdir
RDI (Relationship Development Intervention) – o'zaro munosabatlarni / shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish metodikasi.
RDI-bu bolaning muloqot, o'zaro ta'sir va do'stlik motivatsiyasiga asoslangan xulq-atvor terapiyasi usuli. Yondashuv inson miyasini o'rganishga asoslangan bo'lib, miyaning har qanday muammoga moslasha olishini tasdiqlaydi. Nogironlar moslashishi va "normal" tarzda faoliyat yuritishni o'rganishi mumkin.
RDI metodologiyasining maqsadi- sog’lom bola rivojlanishining bosqichma-bosqich tezlashtirilgan yo'lidan o'tishdir. RDI mutaxassislari bolada insonlarning bir-birlariga bog’liq ravishda umumiy, birgalikdagi faoliyatini tashkillashtirishda o’zaro munosabatlar tajribasini shakllantiradilar. RDI dasturlari ota-onalarga motivatsiya, aloqa, hissiy boshqaruv, epizodik xotira, diqqatning tez o'zgarishi, o'z-o'zini anglash, baholash, ijro etuvchi faoliyat, moslashuvchanlik va boshqalar kabi asosiy jihatlarni ko'rib chiqishda o'z farzandlarini qanday boshqarishni, o'zaro munosabatlarni izlash va muvaffaqiyatga erishishni o'rgatadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling