Autocad dasturida standart asboblar paneli


Download 274.61 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi274.61 Kb.
#1413602
TuriReferat
Bog'liq
Microsoft word redaktorida Word art menyusi

Microsoft word redaktorida Word-art menyusi

201-guruh Tasviriy san`at va muhandislik kommunikatsiyalari

Azzamova Lobar


WordART OBYEKTI
Worddagi hujjat yanada chiroyli chiqishi uchun unga so‘z yoki matn qismini turli grafik shakllarda tasvirlash imkonini beruvchi WordART obyektini joylashtirish mumkin. Masalan, WordART obyekti referat, maqolalarda nom yoki sarlavhalar yozishda ishlatiladi.
WordART KOLLEKSIYASI
Hujjatga WordART obyektini joylashtirish Joylashtirish menyusi yoki CHIZISH uskunalar paneli orqali amalga oshiriladi. Buning uchun yurgich matnning WordART obyekti joylashtirilishi kerak bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
Endi quyidagi usullardan biri orqali WordART kolleksiyasi ekranga chiqariladi
1-usul. Joylashtirish menyusidan Rasm (Рисунок) bo‘limiga kiriladi. Bo‘limdan WordART obyekti ( ) tanlanadi.
2-usul. CHIZISH uskunalar panelidan WordART obyekti tanlanadi.
Natijada ekranda WordART kolleksiyasi aks etadi. Endi bu kolleksiyadan kerakli ko‘rinishni tanlab olish mumkin.
WordARTDA MATN KIRITISH
Kolleksiyadan kerakli ko‘rinish belgilangach (masalan, birinchi ko‘rinish) Enter klavishi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi bosiladi. Natijada ekranda matnni kiritish oynasi aks etadi.
Bo‘yalib turgan yozuv matni (Текст надписи) o‘rniga kerakli matn kiritiladi. Masalan, Ona Vatan O‘zbekistonim! Yashna, O‘zbekiston! gaplarini yangi abzaslarda yozamiz. Lozim bo‘lsa oynaning yuqori qismida joylashgan imkoniyatlardan foydalanib matn formatlanadi. So‘ngra Enter klavishi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi bosiladi.
Natijada yozgan matnimiz rasm sifatida quyidagicha aks etadi:
WordART USKUNALAR PANELI
WordART obyekti formatini o‘zgartirish juda oson. Buning uchun hosil bo‘lgan obyekt belgilanadi. Natijada ekranda ushbu ko‘rinishdagi WordART uskunalar paneli aks etadi.
Yuqorida WordART obyektida tayyorlagan obyektimizga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritamiz:
a)matnga kolleksiyadan yangi ko‘rinish tanlaymiz;
b)WordART obyekti formati bo‘limidan harflar chegarasidagi chiziq
turini o‘zgartiramiz;
d)WordART obyekti shaklini (formasini) o‘zgartiramiz;
e)matnni belgilar orasidagi masofa orqali WordART obyekti kengligi bo‘yicha tekislaymiz;
f) belgilar orasidagi masofani juda keng (150%) qilib tanlaymiz. Natijada quyidagini hosil qilamiz:
Download 274.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling