Autoimmun tireoidit va xomiladorlikning kechishi Nasirova Xurshida Qudratullayevna
Key words: Autoimmune thyroiditis, autoantibody to thyroperoxidase (AT-TPO), fetus, hypothyroidism, pregnancy, thyroid gland. Kirish
Download 358.69 Kb. Pdf ko'rish
|
367-372
Key words: Autoimmune thyroiditis, autoantibody to thyroperoxidase (AT-TPO), fetus, hypothyroidism,
pregnancy, thyroid gland. Kirish: Autoimmun tireoidit kasalligi ayollar orasida erkaklarga nisbatan keng tarqalgan bo’lib ,fertil yoshdagi ayollarning 5 – 20 %da uchraydi.Xattoki onada qalqonsimon bezning disfunksiyasi bo’lmagan holatda lekin autoimmun tireoidit kasalligi bo’lgan ayollarda xomiladorlikning kechishiga salbiy ta’sirni ortishi jumladan xomilani erta yo’qotish,vaqtidan oldin tug’riq,bachadon ichida bolani rivojlanishdan to’xtashi,homiladigi neyrorivojlaning buzilishi shular jumlasidandir. Yuqoridagi xolatlarning kelib chiqishishida autoimmun tireoiditning qalqonsimon bez funksiyasini pasaytirishi yani gipotireoz holati ham sabab bo’ladi. Xomiladorlik vaqtidagi gipotireoz birinchi navbatda homilaning va uning markaziy nerv sistemasing rivojlanishiga xavfli ta’sir ko’rsatadi. Ona va homila tireoid sistemasining o’zaro ta’siri:AT-TPO tashuvchi qaolqonsimon bezida patalogiya bo’lmagan xomilador ayollarda xomiladorlik boshlanishi bilan gipotireoz,nisbiy gestatsion gipotiroksinemiya xavfi ortadi bu esa turli xildagi perinatal va akusherlik asoratlariga olib kelishi mumkun.(1) .Yuqoridagi buzilishlarning patogenezi haligacha anniq emas.Ba’zi bir adabiyotlarga ko’ra 30 -50 % AT tashuvchi ayollarda tug’ruqdan keying qalqonsimon bez patalogiyasi kelib chiqishi mumkun.(4)Quyida,xomila va ona tireoid sistemasinibir biriga ta’sirini ko’rib chiqamiz: Xomilaning gipotalamus-gipofizar- tireoid sistemasi shakllanishi xomiladorlikning I trimestri oxirigacha davom etadi.11-12- haftadan boshlab TTG va erkin T4 manfiy-qaytar mexnizmi ishga 368 tushadi.Xomiladagi qalqonsimon bez funksiyasini boshqarish 3 xil mexanizm orqali amalga oshiriladi: 1- gipotalamusda TTG miqdorini progressiv ortishi .2-tireositlarni TTG ga nisbatan sezgirligini ortishi.3- gipofizning tireoid gormonlar ingbitoriga sezgirligini ortishi.(7)Barcha xomiladorlarda 1- trimesterda ona tiroksin gormonining transplatsentar transportirovkasi juda muhum hisoblanadi chunki bu davrda xomilaning qalqonsimon bezi hali funksiya bajarmaydi.TTG transplatsentar baryer orqali o’ta olmaydi.Xomilada buqoq va gipotireozga olib keluvchi antiterioid autoantitelolarni va yangi tug’ilgan chaqaloqlarda gipotireozga olib keluvchi stimulyatsiyalovchi imunoglobulinlarni transplatsentar transportirovkasini ham hisobga olish zarur.(5) Qondagi TTG ni miqdori qalqonsimon bez funksiyasini belgilovchi mezon hisoblanadi.TTG retsoptorlari platsentar odam xorion gonadatropinlarining stimulyatsiyasi natijasida qalqonsimon bez garmonlarini ishlab chiqarilishini oshiradi, natijada TTG miqdori kamayadi.Xomila rivojlanishi mobaynida TTG miqdori ham ortib boradi va eng yuqori miqdorlari xomiladorlikning III timestriga to’g’ri keladi.(3,6)yevropa tireoid assosatsiasi uyushmasining rekomendatsiyalariga ko’ra normal xomiladorlik kechishidagi TTGning miqdori quyidagicha hisoblanadi: I trimestr – 0.1 – 2.5 mME/ml II trimestr – 0.2-3 mME/ml III trimestr – 0.3 -3 mME/ml. Qalqonsimon bezga autoantitelar va uning xomilador ayol qalqonsimon beziga ta’siri: 90- yillardan ma’lumki xomiladorlardagi AT-TPO ning yuqori ko’rsatkichlari subklinik gipotireoz rivojlanishida yuqori xavf omili xisoblanadi.(5,16)Ilmiy izlanish natijalari shuni ko’rsatadiki qalqonsimon bez funksiyasida buzilishlar bo’lgan xomiladorlarning 20.1 %ida AT-TPO aniqlangan .(1,11) Xomiladorlikgacha bo’lgan davrda AT-QB ga autoantitela tashuvchi bemorlada gipotireoz rivojlanishinig xavfi ortishi nima bilan bog’liq? Ko’pgina tadqiqotlarga ko’ra xomiladorlik davrida qalqonsimon bez kuchli fiziologik omillar ta’siri ostida bo’ladi(xoriongonodtropin,tiroksinga bog’liq globulin,qalqonsimon bez gormonlaring platsenta metobolizmdagi o’zgarishlari va boshqalar).(6,16)Yuqoridagi biologik omillar qalqonsimon bezning giperstimulyatsiyasiga sabab bo’ladi va taxminan tireoid gormonlarning normadan 30-50 % gacha ko’p ishlab chiqarilishiga olib keladi.(9).Bu holat xomilaning adekvat rivojlanishiga asosan xomildorlikning erta muddatlarida zaruriy omil hisoblanadi.Boshqa so’z bilan aytganda qalqonsimon bezning yuqori stimulyatsiyasi fonida xomiladorlik davrida qalqonsimon bezning funksional aktivligi ortadi.Qalqonsimon bezdagi autoimmun o’zgarishlar gipotiroksizmga olib keladi va xomiladorlik davridagi o’zgarishlarga qalqonsimon bez faoliyati yetarlicha javob bera olmaydi. Qalqonsimon bezga autoantitela tashuvchi ayollarda qalqonsimon bez disfunksiyasi xavfi ayniqsa I timestrda (homila rivojlanishining kritik davrida va xomiladorlikdagi qalqonsimon bezning yuqori stimulyatsiyasi davrida )kuzatiladi.(10)AT-TPO va AT-TG tashuvchi ayollarda erkin T4 kamayishi va TTG miqdori normadan ortishi aniqlangan.(2,10) Download 358.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling