Avaz mansurov


Download 1.63 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1.63 Mb.
#1025424
Bog'liq
Avaz mansurov

Avaz mansurov

Hayoti va ijodi

AVAZ Mansurov Kompozitor Avaz Mansurov 1957 yil 2 noyabrda Qo’qon shahrida tug’ilgan. Uning bolalik yillari teatr sahnasida hamda mashhur xonanda va sozandalarning musiqa va she’riyat davrasida o’tdi. Dastlab musiqa maktabida so’ngra qo’qondagi Musiqa Bilim yurtining “Musiqa nazariyasi” bo’limida a’lo baholar bilan o’qidi. 1982-yil M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining “Kompozitsiya va cholg’ulashtirish” kafedrasini Boris Zeydman sinifida, 1986-yili asisstenturani professor Feliks Yanov-Yanovskij raxbarligida bitirdi.

Avaz Mansurovning ish faoliyati

  • Kompazitor ish faoliyatini musiqali drama teatirining orkestrida sozandalikdan boshladi. 1981-1983-yillarda o’qish bilan bir qatorda Respuplika o’quvchilar saroyi qoshidagi bolalar musiqa maktabida ishladi. 1982-yili konservatoriyada o’qishni bitirgach kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedrasida pedagog lavozimida asisstenturada qoldirildi. Mazkur kafedrada kata o’qituvchi dotsent , “Sharq Fakulteti” decani “Kompozitsiya va cholg’ulashtirish kafedrasi ” mudiri va 2000-yildan boshlab konservatoriya o’quv-ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlamoqda.

Avaz mansurov birinchi ijodiy qalamini fortepiano uchun “QIZCHA VA TULIKI” , “QO’RQINCHILI TUSH” ertaklariga musiqa bastalashdan boshladi.

Kompozitor keying asarlarini fortepiano va skripka uchun bag’ishladi. Skripka uchun “So’siz qo’shiq”, Fortepiano uchun “Tokkata-preludiya” va bir necha asarlarni yozgan. Uning ovoz skripka va fortepiano uchun yozgan “Muxabbat” lirik turkumi 10 dan ortiq romanslari musiqiy jamoatchilik tomonidan yuqori baholandi.

Avaz mansurov bolalar qo’shiqlarini yaratishda yuqori natijalarga erishdi. O’zteleradiokompaniyasi qoshidagi “Bulbulcha” bolalar xor jamoasiijrosida yangragan “Quyosh bilan Suxbat”, “Oq kabutar parvozi”, “Muz-qaymoq”, “Tomchilar qo’shig’i”, “O’zbekiston onajon” kabi 100 dan ortiq asarlari mashxur bo’lib kompozitorga shuxrat keltirdi.

Taniqli kompozitor estrada janrida ham unumli ijod qilib kelmoqda. “Navro’z”, “Chimyon”, “Chaman-chamanim”, “Talabalar qo’shig’i”, “Oydin yo’l” kabi estrada qo’shiqlari shular jumlasidandir.

Teatr sahna asarlari “Xayvonlar sultoni” “Sharq afsonasi” “Qo’g’irchoq yolg’onchi” “Ur to’qmoq” kabi teatr saxna asarlariga musiqa bastaladi.

Orkestr uchun yozgan asarlari Simfonik orkestr uchun ikkita simfoniya, Xalq cholg’ulari orkestri uchun uvertura, “Karnay sadosi” “Askarlar marshi” “Xayvonot bog’ida sayr” “Sug’diyona” kabi musiqali asarlarni yaratdi.

Avaz mansurov O’zbekiston yoshlar mukofoti sivrindori, O’zbekiston Respublikasi faxriy yorlig’I, Xalq Ta’limi, Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirliklarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling