Avesto avestoning paydo bo’lishi


Download 11.71 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi11.71 Kb.
#1528112
1   2   3
Bog'liq
AVESTO

Shuningdek, u o‘ziga yo‘ldosh ilohlarni yaratgan. Ular Mitra, Anahita, Saroshi (itoatkorlik, intizom), Ashi (taqdirni belgilovchi xudo) va boshqalardan iborat bo‘lib, Ahura Mazdaning yovuzlikka qarshi kurashida unga yordam bergan. Ahura Mazda yaratgan xudolarning ayrimlari keyinchalik diniy tizimda katta nufuzga ega bo‘lgan. 

Diniy ta’limotda dunyoning tuzilishi

  • Insoniyat tarixi 12 ming yildan iborat va to‘rt bosqichga bo‘linadi. Ularning har biri 3 ming yil davom etgan. Birinchi bosqichda ruh, g‘oya va narsalar bo‘lmagan. Asta-sekin ib- tidoiy bo‘shliqdan keyinchalik yerda yuzaga kelgan narsa va hodisalarning dastlabki belgilari shakllangan. Ikkinchi bosqichda Donishmand xudo (Ahura Mazda) osmon, yulduz, oy, quyosh, tabiat, Odam Ato (Yima) va birinchi muqaddas buqa (Geush urvan) kabilarni yaratgan. Yima (Firdavsiyning «Shohnoma» dostonida Jamshid deb atalgan) xudo Ahura Mazdani ilk bora tan olgan kishi. Yima insoniyatning ajdodi bo‘lib, barcha odamlar undan tarqalgan. Muqaddas buqadan hayvonot dunyosi vujudga kelgan.

Axriman ham Ahura Mazdaga qarama-qarshi koinotda planetalar va kometalarni, yerda cho‘llar, vahshiy hayvonlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi jonzodlarni yaratgan. Qarama- qarshiliklarning koinotdagi va yerdagi to‘qnashuvidan butun borliq harakatga kelgan. Uchinchi bosqichda Avestoda qayd etilgan personajlarning faoliyati boshlangan. Yima odamlar va chorvani olamning suv bosishi falokatidan qutqargan hamda Ahura Mazda yordamida odamlarga rahbarlik qilgan. Dunyoda yaxshilikning tantanasiga xizmat qilgan. Yima podsholigida odamlar sharaf uyi (jannat)da yomonlik, adolatsizlik, yovuzlik, kasallik va o‘limning nima ekanligini bilmay, baxtli hayot kechirganlar. Shu bois Yimaning hukmronlik davri Avestoda «oltin asr» deb ataladi. Yima davrida odamlar yer haydab, dehqonchilik qilganlar va chorva urchitganlar.

  • Vaqt o‘tishi bilan Yima odamlarga ko‘rsatgan yaxshiliklaridan g‘ururlanib, manmanlik, o‘zgalar dardiga befarqlik yo‘liga kirgan. Mansabparastlik va o‘z imkoniyatlariga ortiqcha baho berishi oqibatida Ahura Mazdaning nasihatlarini bajarmay qo‘ygan. Oqil xudo man etgan muqaddas buqani ov qilib, uning go‘shtidan taom tayyorlashni buyurgan. Manmanlik, o‘zboshimchalik va man etilgan ishlarni sodir etganligi uchun Ahura Mazda Yima va uning avlodlarini jazolangan. Odamlar jannatdan chiqarilgan, tirikchilik tashvishlari, yeb-ichish zarurati, kasalliklarga duchor etilganlar, boqiylik imtiyozidan mahrum qilinganlar. Uchinchi bosqichning oxirlarida Zardushtning faoliyati boshlangan va Zardushtning vafotidan keyin uchinchi bosqich tugagan. 

Download 11.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling