Avesto avestoning paydo bo’lishi

Download 11.71 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi11.71 Kb.
#1528112
  1   2   3
Bog'liq
AVESTO

AVESTO

Avestoning paydo bo’lishi

Avesto zardushtiylik dinining muqadas kitobidir. «Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan. Uning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2000-1000 yillarga taalluqli, deb qaraladi. «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan nusxalarida Eron shohi Kayxisrav va Turon shohi Franhrasyan (Afrosiyob) o’rtasidagi munosabatlar ifodasini topgan. Bunday tarixiy voqyelik miloddan avvalgi 620 –yillarga to’g’ri keladi.

Avestoda keltirilgan xodolar:

  • Ahura Mazda – ezgulik va yaxshilik timsoli. Ahura Mazdani Avestoda yigirma sifatga ega iloh deb ta’riflanadi. Bu Ahura Mazdaning go‘zal ismlaridir. Ahura Mazda borliqni yaratuvchi va hamma narsani biladigan oliy xudodir. U o‘zini yaxshi ishi va yaxshi so‘zlari bilan namoyon qiladi. Ahura Mazda odamlarga yomonlik qilmaydi, ularni faqat ezgu ishlarga da’vat etadi. Zardushtning talqinida Ahura Mazda oliy ibtido bo‘lib, uning turmushi odamlarnikidan farq qiladi. Uni hech kim yaratmagan, oilasi yo‘q, dunyodagi barcha voqea-hodisalardan xabardor, ular Ahura Mazdaning xohishi bilan sodir bo‘ladi. 

Ahura Mazdaga dunyodagi barcha yomonliklarning timsoli – Axriman (yovuz ruh) qarshi turadi. Ahura Mazda Axriman (Anxra Maynyu)ni odamlarning ibrat olishlari uchun o‘z jismidan yaratgan. Shu bois u Ahura Mazdaga qarshi turadi, dunyoda yomonlik, zulm va zulmatning yaxshilik va yorug‘lik ustidan g‘alab qilishi uchun kurashadi. Donishmand xudo dunyo va undagi hayotni, yorug‘likni, umuman, barcha ijobiy voqeliklarni yaratgan bo‘lsa, yovuz ruh o‘lim, zulmat, sovuqlik va odamlarga ziyon-zahmat yetkazuvchi jonzodlarni yaratgan. Ahura Mazda avvalo olti nafar eng yaqin yordamchilariga tayanadi. Jumladan, Voxu Manah (ezgu fikr) poda va chorvani, Asha Vahishita (yuksak haqiqat) olovni, Hashatra Varya (munosib qudrat, hokimiyat) ma’danlarni, Sienta Armati (muqaddas itoat) yerni, Ameretat (mangulik) o‘simliklar dunyosini boshqargan. 

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling