"Avesto"ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati. "Avesto"ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati


Download 24.75 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi24.75 Kb.
#1509339
Bog'liq
5.1“Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati


“Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati.

“Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati.
«Avesto» ning hozirgi ma’lum boʻlgan nusxalarini olimlar 21 nasx – kitob (qism) dan iborat demoqdalar. Ulardan 7 kitob xudolar, koinotning paydo boʻlishi va insoniyat tarixiga doir; keyingi 7 kitob ibodat masalalari, din dasturlari, xalqning yashash tarzini ifoda etadi; oxirgi 7 kitobda tibbiyot, astronomiyaga doir ma’lumotlar jamlangan.
Zardushtiylar dini va ta’limotidagi «Ezgu fikr», «Ezgu kalom», «Ezgu amal» birligi ularning falsafiy-axloqiy, umumiy dunyoqarashini ham belgilaydi.
«Avesto»ning hozirgi bizga ma’lum boʻlgan eng qadimgi nusxasi 1324-yilda koʻchirilgan boʻlib, Kopengagen shahrida saqlanadi. 1996-yilda Eronda chop etilgan ikki jildli «Avesto» ham mukammal nusxa hisoblanadi. «Avesto»ning toʻrtdan bir qismi – 83000 ming soʻzdan iborat alohida-alohida boblari, parchalari saqlanib qolgan.
«Avesto» – mazdaparastlar diniga mansub barcha adabiyotlarning umumiy nomi. «Avesto» soʻzi qadimiy mazdaparastlarning oʻzagiga mansub boʻ lib, «Avesto» artikuli  va  «vista» fe’lidan iborat. «Vista» soʻzining oʻzagi «vid», «vand» boʻlib, ma’nosi «tanimoq», «bilmoq», «topilmoq», «koʻrinmoq» kabidir.
«Avesto» ni «Ogohnoma», «Donishnoma» ma’nosida tushunish mumkin. Hozirgi ma’lumotlarga koʻra, «Avesto» Yasna, Yasht, Visparad, Vandidod, Kichik   Avesto qismlaridan iborat. Y.Bertels, I.Braginskiy, N.Mallaevlar
«Avesto»ning bu qismlarini quyidagicha izohlaydilar:

  1. Yasna – hamdu sano, munojot va qurbonlik duolaridan tashkil topgan 72 bobli toʻplam. Uning 17 bobi gotlar-gimnlar deb ataladi. Ular «Avesto»ning eng qadimgi boblari hisoblanadi. Gotlarning asosiy gʻoyasi «ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal»larning birligini madh etishdan iborat.

  2. Yashtlar – zardushtiylarning alohida xudolarini madh etuvchi qoʻshiqoyatlardir. Ularda qadimiy rivoyatlar koʻplab uchraydi. Bu rivoyatlarning ayrimlari Firdavsiyning «Shohnoma» sida oʻz ifodasini topgan. Yashtlarning aksariyati she’riy shaklda bitilgan;

  3. Visparad – yasnalarga qoʻshimcha tarzda yozilgan, 24 bobdan iborat ibodatga doir qoʻshiqlardir;

  4. «Vandidod» – «Viydaivadota» soʻzining oʻzgargan shakli boʻlib, devlarga qarshi qonun ma’nosini anglatadi. U yomonlik, jaholat va razolat timsollari devlarga qarshi kurash qonunnomasi hisoblangan. Unda ibodat qilish tartibi, buni buzganlarni jazolash qonun- qoidalari ham aks etgan. «Vandidod» 22 bobdan tashkil topgan. «Vandidod»da, shuningdek, oʻlikni yerga koʻmib, uni harom qilgan yoki yolgʻon va’da bergan odamni jazolash, tabiblar xususida, oʻliklarni qoʻyadigan dahmalar qurish, koʻmish marosimi va oʻlikdan yomon jinlarni quvish uchun yoniga it olib borish, it boqish va ularni ehtiyot qilish, ayollar bilan oyning qaysi kunlari munosabatda boʻlish, soch va tirnoqlarni qachon olish va ularni toza saqlash, oʻz qichqirigʻi bilan yomon narsalarni qochiruvchi xoʻroz haqida, suvning shifobaxshligi, chaqaloqni parvarishlash, Axura Mazdaning odamlarni turli balo-qazolardan asrashi va hokazolar bayon etiladi.

  5. «Kichik Avesto» – u Quyosh, Oy, Ardivusura, Bahrom singari xudo hamda ma’budalar sharafiga aytilgan duo matnlarini oʻz ichiga oladi.

«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi boʻlishi bilan bir qatorda Turonu Eron  va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarining tarixi, madaniyati, ijtimoiyiqtisodiy hayoti, tili, urf-odatlari, xalq ogʻzaki ijodi, umuman, turli sohalar haqida ma’lumot beruvchi noyob qomusiy manbadir. Undan oʻrin olgan afsonalar, qoʻshiqlar ma’lum ma’noda xalq ogʻzaki ijodining qadimiy  janr namunalarini oʻzida aks ettirgani bilan ham ahamiyatlidir.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan soʻng, merosimizga, buyuk vatandoshlarimiz ijodiga munosabatda jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2001 yilda Xorazmda «Avesto» ga bagʻishlangan yirik tadbirlar, ilmiy anjumanlarning oʻtkazilishi buning yorqin dalilidir.
Download 24.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling