"Avesto"ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati. "Avesto"ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati
Download 24,75 Kb.
|
5.1“Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati
“Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati. “Avesto”ning saqlanib qolgan qismlari va ilmiy ahamiyati. «Avesto» ning hozirgi ma’lum boʻlgan nusxalarini olimlar 21 nasx – kitob (qism) dan iborat demoqdalar. Ulardan 7 kitob xudolar, koinotning paydo boʻlishi va insoniyat tarixiga doir; keyingi 7 kitob ibodat masalalari, din dasturlari, xalqning yashash tarzini ifoda etadi; oxirgi 7 kitobda tibbiyot, astronomiyaga doir ma’lumotlar jamlangan. Zardushtiylar dini va ta’limotidagi «Ezgu fikr», «Ezgu kalom», «Ezgu amal» birligi ularning falsafiy-axloqiy, umumiy dunyoqarashini ham belgilaydi. «Avesto»ning hozirgi bizga ma’lum boʻlgan eng qadimgi nusxasi 1324-yilda koʻchirilgan boʻlib, Kopengagen shahrida saqlanadi. 1996-yilda Eronda chop etilgan ikki jildli «Avesto» ham mukammal nusxa hisoblanadi. «Avesto»ning toʻrtdan bir qismi – 83000 ming soʻzdan iborat alohida-alohida boblari, parchalari saqlanib qolgan. «Avesto» – mazdaparastlar diniga mansub barcha adabiyotlarning umumiy nomi. «Avesto» soʻzi qadimiy mazdaparastlarning oʻzagiga mansub boʻ lib, «Avesto» artikuli va «vista» fe’lidan iborat. «Vista» soʻzining oʻzagi «vid», «vand» boʻlib, ma’nosi «tanimoq», «bilmoq», «topilmoq», «koʻrinmoq» kabidir. «Avesto» ni «Ogohnoma», «Donishnoma» ma’nosida tushunish mumkin. Hozirgi ma’lumotlarga koʻra, «Avesto» Yasna, Yasht, Visparad, Vandidod, Kichik Avesto qismlaridan iborat. Y.Bertels, I.Braginskiy, N.Mallaevlar «Avesto»ning bu qismlarini quyidagicha izohlaydilar:
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi boʻlishi bilan bir qatorda Turonu Eron va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarining tarixi, madaniyati, ijtimoiyiqtisodiy hayoti, tili, urf-odatlari, xalq ogʻzaki ijodi, umuman, turli sohalar haqida ma’lumot beruvchi noyob qomusiy manbadir. Undan oʻrin olgan afsonalar, qoʻshiqlar ma’lum ma’noda xalq ogʻzaki ijodining qadimiy janr namunalarini oʻzida aks ettirgani bilan ham ahamiyatlidir. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan soʻng, merosimizga, buyuk vatandoshlarimiz ijodiga munosabatda jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Davlat miqyosida e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2001 yilda Xorazmda «Avesto» ga bagʻishlangan yirik tadbirlar, ilmiy anjumanlarning oʻtkazilishi buning yorqin dalilidir. Download 24,75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling