Август 2020 17-қисм


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana28.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1688857
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
SON VA IFODA TUSHUNCHASI
Xojimatova Maftuna Ganjinovna
Namangan viloyati Namangan shaxri
64-umumiy oʻrta ta’lim maktabi Matematika fani oʻqituvchisi
m.xojimatova1890@gmail.com
+998905531890
Annotatsiya: Ushbu maqolada 5-sinf oʻquvchilari uchun yil boshida boshlangʻich sinfda oʻtil-
gan son va ifodani tushunchasi takrorlashga oid fikrlar berilgan. 
Kalit soʻzlar: oʻzgaruvchili ifoda, ifodaning qiymati, kartochka, yigʻindi, matematik ifoda. 
Oʻzgaruvchi tushunchasi hozirgi zamon matematikasining muhim tushunchalaridandir. 
Oʻzgaruvchi - bu belgi, uning oʻrniga har xil qiymatlarni qoʻyish mumkin. Oʻzgaruvchili ifoda 
umumiy tushunchasi sonli ifoda tushunchasi kabi aniqlanadi, oʻzgaruvchili ifodali sonlardan 
tashqari harflar ham boʻladi. Masalan, 3 *a + 4, a + b, b - 3 va hokazo. Birinchi marta harfdan 
noma’lumni ifodalovchi belgi (alomat, ishora) sifatida x + 3 = 10, 7 +x = 9, x - 5 = 3 va xokazo 
koʻrinishdagi eng sodda tenglamalarni yechishda ifodalanadi. 
Tayyorgarlik bosqichida ―matematik ifoda, ―ifodaning qiymati kabi yangi terminlar bilan 
tanishadilar. Bunday tayyorgarlik ishidan keyin bolalarni ikki oʻzgaruvchilik matematik ifodalar 
bilan tanishtirishga kirishish mumkin ―oʻzgaruvchi termin bolalarga aytilmaydi. Ishni ―Jonli 
matematik ifodalar oʻyinini oʻtkazishdan boshlash kerak. Oʻqituvchilarga moʻljallangan metodik 
adabiyotda bu oʻyinning mohiyati bunday tasvirlanadi: doskaga uchta bola chiqariladi: bir 
bolaga masalan 10 soni yozilgan kartochka, ikkinchi boga ―plyus ishorasi yozilgan kartochka, 
uchinchi bolaga masalan, 8 soni yozilgan kartochka beriladi. Bolalar bir qator boʻlib turishadi 
va kartochkalarni koʻtarishadi. 
Siz qanday matematik ifodani koʻrayapsiz? (10 va 8 sonlarning yegindisini.) Yana uchtadan 
uch marta, ya’ni 9 ta oʻquvchi chiqariladi, boʻlar yangi (masalan, 7 + 7, 15 + 4, 40 + 31) 
yigʻindilarini namoyish qilishadi, bunda har bir yangi uchlik oldingi uchlik oldiga turadi. Har bir 
yangi ifodani bolalar oʻqishadi. Siz qancha matematik ifoda tuzdingiz? (4 ta). Yana 
tuzish 
mumkinmi? Qancha? Xa, sinfning xamma bolalarini turgizib boʻlib, boshqa sinf oʻquvchilarini 
ham taklif qilishimiz mumkin. Xamma ifodalar nimasi bilan oʻxshash? (Amal bir xil xammasi 
ham qoʻshishga doir.) Birinchi qoʻshiluvchi boʻlgan xamma sonlarni ayting. (10,7,15,40.) Biz 
bilamizki, juda koʻp ifoda tuzishimiz mumkin, u holda boshqa sonlar ham birinchi qoʻshiluvchi 
boʻladi. Har xil sonlarni yozish uchun birinchi qoʻshiluvchi boʻlishi mumkin boʻlgan istalgan 
sonni biror harfiy belgi, masalan a harfi bilan belgilash mumkin. 
Oʻqituvchi a harfi yozilgan kartochkani koʻrsatadi. Chiqarilgan oʻquvchi bu kartochka 
bilan bolalar oldiga turadi, qolgan bolalar esa birinchi qoʻshiluvchini ifodalovchi har qanday 
son ham harf bilan (masalan v harfi bilan) belgilanishi mumkin boʻlgan sonlarni koʻrsating. 
(Bolalar koʻtarishadi.) Bu a harfining sonli qiymatlaridir. a harfiga boshqa son qiymatlari berish 
mumkunmi? (mumkin) Masalan, qanday sonlarni? (Bolalar bir soni aytishadi). Kartochkalarni 
koʻtaring va v harfi qa’boʻl qilishi mumkin boʻlgan son qiymatlarni koʻrsating. (koʻrsatishadi) 
v harfiga boshqa son qiymatlarni berish mumkunmi? (Bolalar bir qancha qiymatni aytishadi.). 
Endi harflar yordamida yozing. 
CHaqirilgan oʻquvchi ―plyus ishora yozilgan kartochkani oladi va a hamda v harflari yozilgan 
kartochkani ushlab turgan oʻquvchilar orasiga turadi. 
Bunda a va v sonlarning yigindisi ifodalangan (bolalar xor boʻlshadi: a va v sonlarning 
yegindisi). Agar a=10, v=8 boʻlsa, u holda biz qanday ifodaga qanday ega boʻlamiz? Katochka 
yordamida koʻrsating. (Bolalar koʻrsatishadi: 10+8). SHundan keyin oʻqtuvchi a va v harflarning 
qiymatlarini aytadi kartochkalarning bilan turgan bolalar esa mos yigindilarni koʻrsatishadi. 
Ikki son ayirmasining harflar yordamida umumlashtirilgan yozilishi ham shunga oʻxshash 
kiritiladi. Bu yerda bolalar e’tborlarini shunga qaratish kerakki, bunda ham harflar oʻrniga har 
xil sonlarni olish mumkun, ammo kamayuvchi ayruvchidan katta yoki unga teng boʻlshi kerak. 
Olingan bilimlar mustaxkamlash uchun oʻquvchilarga ushbu koʻrinishdagi mashqlarni taklif 
qilish mumkun. 


29

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling