Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
SHARQ MUMTOZ ADABIYOTINING G‘ARB ADABIYOTIGA TA’SIRI
Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovich
ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi 
ruzmetovshoh@gmail.com (97) 156 98 07
Annototsiya. ushbu maqolada fransuz adibi Antuan de Sent Ekzyuperining “Kichkina 
shahzoda” asari va undagi sharq mumtoz adabiyotiga ishora qilinuvchi o‘rinlari, obrazlar tizimi 
ijodiy metod asosida tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar: Obraz, falsafa, badiiy konsepsiya, ramz, didaktik, ijodiy metod
Fransuz adibi Antuan de Sent Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari bilan tanisha turib, 
unda bolalarga xos beg‘uborlik, soflik va samimiylikni tuyasiz. Bir qarashda oddiy ertak kabi 
yozilgan ushbu asarga diqqat bilan nazar solsak, unda chuqur falsafiy qarashlar aks etganiga 
guvoh bo‘lamiz. Bunda sharq adabiyotiga xos ramziylik va didaktik an’anlarni uchratish mumkin. 
Asarning boshlanishida Ekzyuperi “men bu asarni katta yoshdagi odam uchun bag‘ishlaganimga 
bolalardan kechirim so‘rayman” - deydi. Demak, biz bu asarni oddiy sarguzasht yoki ertak sifatida 
qabul qilmasligimiz lozim ekan. Keling, endi bizning e’tiborimizni tortgan ayrim o‘rinlarga 
murojaat qilsak. 
Muallif ushbu asarni hikoya qilish yo‘sinida yoritgan bo‘lib, bir qarashda asar XX asr 
adabiyotimiz durdonalari hisoblangan G‘ofur G‘ulomning “Shumbola”, Oybekning “Bolalik 
qissalari”, Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” yoki Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlarini 
yodga soladi. Ammo, asar butunlay boshqacha xarakterga ega. undagi voqealar ertaknamo, lekin 
asarni yozishdan muallifning asosiy ijodiy niyati butkul o‘zgacha bo‘lgan. ustozimiz Dilmurod 
Quronov “Adabiyotshunoslik lug‘ati” kitoblarida ijodiy niyatga, san’atkorning o‘y-fikrlari, 
bahosi, badiiy konsepsiyasini badiiy obrazlar tizimi vositasda moddiylashtirish jarayonidir, - 
deb ta’riflaydi. Shunday ekan, biz badiiy asarni mutaxassis sifatida tahlil qilar ekanmiz, unda 
mavjud bo‘lgan bosh g‘oya va yozuvchining asosiy maqsadini aks ettiruvchi jumlalarni, butun 
asar mazmuniga teng fikrlarni izlaymiz. Fikrimizning dalili sifatida asarda beqiyos mazmun kasb 
etgan quyidagi purma’no fikrni keltirmoqchimiz: 
“Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi, u siyratda, botinda pinhon…”
Aynan mana shu fikrlar zamirida butun asar mazmuni ochib berilgan deya olamiz. Chunki asarni 
sinchkovlik bilan o‘qimagan kitobxon uni bir ko‘rishda anglamaydi, asosiy g‘oya va qarashlar 
uning botinida pinhondir. 
Asarda turli xil ramziy obrazlar mavjud bo‘lib, ulardan biri tulki obrazi hisoblanadi. ustoz 
ulug‘bek Hamdam, “Muhabbatning eng go‘zal qo‘shig‘i” maqolasida uni donishmandlik ramzi 
sifatida ta’riflaydi [2.b.17]. Agar biz asarni ijodiy metod asosida tahlil qiladigan bo‘lsak, bu usul 
asardagi o‘quvchiga noma’lum bo‘lgan qirralarni ochish, voqeylik hamda ijodkorning maqsadini 
yanada kengroq tushunishga, anglashga yordam beradi. Misol uchun, asarda tulkining maslahati 
bilan shahzoda o‘z sayyorasiga ravona bo‘lishi, o‘zida bor bo‘lgan narsani qadrlashni o‘rganishi, 
yoki yonida turgan baxtni uzoqdan izlamasligi kerak ekanligini anglab еtishini aytish mumkin. 
Bu Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy”si yoki Paulo Kueloning “Alkimyogar” asarlarini 
yodga soladi. Fikrlarni jamlaydigan bo‘lsak, Radi Fishning “Jaloliddin Rumiy” asaridagi quyidagi 
baytlar mazmuniga teng fikrlar o‘rtaga chiqadi:
 Ayo, siz, jon chekib har lahza izlarsiz ilohiyni,
Ani izlashga xojat yo‘q, ilohiy-siz,ilohiy-siz.
Asardagi yana bir asosiy persanaj ilon bo‘lib, adib bejizga ilonni tanlamagan. Ilon asarda 
Kichkina shahzodaga murojaat qilib, bu dunyo o‘tkinchiligini ta’kidlab, sharq didaktik asarlarining 
еtakchi g‘oyalaridan biri bo‘lgan tuproqdan yaralding, tuproqqa qaytsan degan g‘oyani ilgari 
suradi. Mana o‘sha so‘zlar:
— Kimgaki tegsam, uni asliga —tuproqqa aylantiraman, —dedi u. —Ammo sen yulduzdan 
tushib kelgansan, yulduzdek poksan…” 
Buni o‘qir ekanmiz umar Xayyomning quyidagi ajoyib misralar hayolimizga keladi.
 
 
Bozorda bir kulol ko‘rsatib hunar,
 
 
Bir parcha xom loyni tepib, pishitar.
 
 
Loy ingrab aytadur: “Hoy sekinroq tep,


19

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling