Avstraliya iqlimi va ichki suvlari Reja: Iqlim xususiyatlari. Ichki suvlari. Iqlim xususiyatlari


Download 194.39 Kb.
bet2/5
Sana23.03.2023
Hajmi194.39 Kb.
#1289403
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avstraliya iqlimi va ichki suvlari

Ichki suvlari. Materikning katta qismi quruq tropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq o‘zanlari kriklardeb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyonda yog‘adigan yomg‘irlardan keyin paydo bo‘ladi va tez orada qurib qoladi. Yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadigan daryolar Avstraliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg‘irdan va
yerosti suvlaridan to‘yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo tizimi — Murreyva uning yirik irmog‘i Darlingdan iborat. Avstraliyada kichik oqmas ko‘llar ko‘p. Ular juda sho‘rlangan. Ko‘llar ichida eng yirigi Eyr-Nord ko‘li, uning maydoni suv bilan to‘lgan paytda 15 ming kv km ga yetadi. Eyr-Nord ocean sathidan 16 m pastda joylashgan. Tabiat zonalari. Avstraliya maydoniga ko‘ra qiyoslansa, cho‘l zonasi egallagan hududlar bo‘yicha birinchi, o‘rmonlar maydoniga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat zonalari tarkib topgan. Fasliy nam doimiy yashil o‘rmonlar materikning shimoli-sharqiy sohillarini egallaydi. Daraxtlardan palma, lavr, daraxtsimon paporotniklar, evkaliðtlar ko‘p uchraydi.Tropik o‘rmonlarda xaltali ayiq —koala, lirodum, kenguru, xaltali iblis, o‘rdakburun, yexidna, rang-barang to‘tilar, qushlar yashaydi (14- rasm). Savannalar materikning shimoliy, sharqiy qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Savannalarda siyrak o‘rmonlar (evkaliðt, akatsiya, kazuara, butilkasimon daraxtlar), o‘t hamda buta o‘simliklar mavjud. Bu zonada kenguru, vombatlar(xaltali kemiruvchilar), xaltali chumolixo‘r, suv havzalarida qushlar ko‘p. Cho‘l zonasimaterikning ichki qismida katta hududlarni egallaydi. Bu zonada efemer o‘simliklar bilan birga doimiy

yashil butazorlar (asosan, evkaliðt, akatsiyadan iborat) o‘tib bo‘lmas hangalzorlarni — skreblarni hosil qiladi. Bu zonada gigant kengurular, vombatlar, yexidna, dingo iti, emu tuyaqushi, zaharli ilonlar, mali — inkubator tovug‘i va kemiruvchilar yashaydi. Eng janubdagi subtropik iqlimmintaqasidagi tabiat zonalari hududiy xususiyatga ega. Materikning g‘arbiy qismida qattiq bargli o‘rmonlar va butalar (asosan, evkaliðtlar), janubi-sharqida evkaliðt o‘rmonlari, undan janubda doimiy yashil dub (eman)lar o‘sadi. Avstraliya Alp tog‘larida balandlik mintaqalari mavjud. Tasmaniya aralash o‘rmonlar bilan qoplangan.

Download 194.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling