Avstraliya va Okeaniya
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon etnomadaniyatida avstraliya va okeaniya xalqlarining tutgan orni
Xulosa
Haqiqiy o‗tmishini anglab, ulug‗ tarix va buyuk merosini idrok etib, uni qaytadan tiklash yo‗lini tanlash xalq irodasi kuchli bo‗lishini va u o‗z taqdirini o‗zi yaratishga qodir bo‗lgan bunyodkorlik hissi bilan yashashni hayot ko‗rsatadi. Ko‗hna tarix sahifalarida xalqlarning turli moddiy va ma‘naviy madaniyati, diniy tasavvurlari, etiqodlari, xalq og‗zaki ijodi namunalari, shu bilan birga turli tuman fojialar ham ko‗zga tashlanadi. Yevropa mustamlakasi davrida (XVIII-XIX asr) Avstraliya va Okeaniya xalqlari etnik tarixiga nazar soladigan bo‗lsak, ularning xo‗jalik faoliyati va ijtimoiy tuzimida, tili va irqiy tuzilishida qadimiy ibtidoiy an‘analarning shunchalik chuqur saqlab qolganki, boshqa qit‘alarda ularga o‗xshash belgilar deyarli uchramaydi. Ayniqsa bu xususiyat mahalliy tillarda yorqin namoyon bo‗lgan, albatta. Boshqa yerlardagi kabi maskur qit‘ada ham uzoq tarixiy davr mobaynida taraqqiyot ro‗y berib, eng ibtidoiy davrdagi ijtimoiy va madaniy hayotda ham muayyan o‗zgarishlar sodir bo‗lib turgan. Ayniqsa mustamlakachilikdan keyin maskur qit‘ada yashovchi tub joy aholining moddiy va ma‘naviy hayotida hamda ijtimoiy, maishiy va madaniy turmushida jiddiy o‗zgarishlar ro‗y bera boshladi. Buning natijasida o‗ziga xos ko‗pgina etnik xususiyatlar yo‗qola boshladi. Bepoyon Tinch okeanida joylashgan ko‗p sonli katta-kichik orollarda turli millat va elatlar, asosan Melaneziya, Mikroneziya va Poleneziyada yashaydilar. Ular beshinchi qit‘a aholisiga nisbatan yuqori madaniyatga ega bo‗lgan. Bugungi kunda Avstraliya Hamdo‗stligi federativ, ko‗ppartiyali, oliy monarxiya boshqaruvidagi davlatdir. Avstraliya dunyoning taraqqiy etgan davlati hisoblanib, uni industrial-agrar mamlakat deb aytish mumkin. Avstraliya yalpi mahsulotining 3/4 qismini sanoat taminlaydi. Hozirgi davrda Okeaniyadagi taraqqiy etgan davlatlardan biri Yangi Zelandiya hisoblanadi. Okeaniyaning qator mamlakatlarida yog‗ tayorlash va xomashyo ishlab chiqarish sanoatlari shakllangan. Okeaniyaning Yangi Zellandiya Gavayya, Fidji va qator orollari dengiz va havo yo‗llari orqali bog‗langan. O‗rganilayotgan mintaqada
81
dehqonchilik, hunarmandchilik savdo sotik kabilar ham taraqqiy etib bormoqda. Barcha sohalarda transformatsiyon o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Bu holatni etnomadaniy jarayonlarda ham ko‗rish mumkin. Shu boisdan Avstraliya Okeaniya aholisining kelib chiqishi, etnik qiyofasi va shakllanishi va joylashishi va etnik
xususiyatlarini aniqlash hamda etnomaganiyatini xolisona o‗rganish, ularning jahon madaniyatiga qo‗shgan hissasini ilmiy tadqiq etish etnologiya faniningeng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Dissertatsiya mavzusi bo‗yicha quyidagi yakuniy xulosalar kelib chiqdi: -Avstraliya aholisining etnik tarixi, an‘anaviy xo‗jaligi, moddiy va manaviy madaniyati yoritildi; -Okeaniya xalqlarining etnomadaniyati bayon etildi; -Polineziya va Mikroneziya xalqlari etnomadaniyati tafsif berildi; - Jahon etnomadaniyatida Avstraliya va Okeaniya xalqlarining tutgan o‗rni teran yoritildi.
Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling