Avto xo'jalik jixozlari


Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish


Download 131.28 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi131.28 Kb.
#1551748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AVTO XO\'JALIK JIXOZLARI

Xarajatlar turkumlanishi va mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda hisobda aks ettirish
Bu mavzu orqali amaliyot davomida quyidagilarni o’rgandim
- xarajatlar haqida tushuncha, ularni turli xil belgilarga ko‘ra turkumlanishi;
- ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda texnologiyaning ta’siri;
-ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy, yordamchi ishlab chiqarishlar va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha hisobga olishni tashkil qilish, servis xarajatlarini taqsimlash;
- ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlarni umumlashtirish va ularni taqsimlashni o‘rganish;
- mahsulot tannarxining tarkibi va turlari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning ahamiyati;
- kalkulyatsiyaning tamoyillari, obyekti va usullari, jarayonli, bo‘linmali, buyurtmali tannarx hisoblash usullari, to‘liq tannarx va ishlab chiqarish tannarxini hisoblash;
- haqiqiy va normativ usullar bo‘yicha xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash hamda «Standartkost» va «Direkt kosting» usullari bo‘yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni o‘rganish.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish – mahsulot birligiga to’gri keluvchi umumiy xarajatlar miqdorini aniqlashdir. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi; xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi
Xarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subektlarda qo’llaniladi. Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish obektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.

Download 131.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling