Avtohalokatlarda shoshilinch birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari va talablari
AVTOMOBIL HALOKATLARIDA QUYIDAGI HOLATLAR UCHRASHI MUMKIN
Download 19.78 Kb.
|
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- AVTOMOBIL KABINASI ICHIDAGI JAROHATLARGA ASOSAN
AVTOMOBIL HALOKATLARIDA QUYIDAGI HOLATLAR UCHRASHI MUMKIN
Piyoda ketayotgan odamlar avtomobil chorraxalaridan o`tayotganda yoki ikki avtomashina to`qnashganda jarohat olishlari mumkin (to`g`ri yoki yon tomondan kuchli zarba, yo‘lga yiqilib tushish va hokazo) avtomobil ichidagi odamlar (masalan, inersion kuch bilan — haydovchi boshining birdan orqaga ketishi, avtomobil saloni ichida urib olish hollari va hokazo); jarohatlanuvchining yuzi, burni shikastlanish tufayli qon ketishi; ko‘p qon ketishi, og‘riq esa shok holatiga tushirishi; bosh chanog‘i suyaklarining shikastlanishi, shu jumladan asos suyaklarining sinishi, quloqdan, burundan qon ketishi, ko‘z atrofida ko‘zoynak belgisining rivojlanishi; bosh miya chaykalishi va lat yeyishi esa hushdan ketish, ko‘ngil aynishi, qusishi va boshqa belgilarda namoyon bo‘lishi; umurtqa pog‘onasi bo‘yin qismining shikastlanishi bemor qo‘l va oyoqlarida sezgi va harakatning yo‘qolishiga olib kelishi; haydovchi (avtomobil) rul chambaragiga qattiq urilishi natijasida to‘sh suyagi, qovurg‘alarining shikastlanishi holatlari uchrashi mumkin. AVTOMOBIL KABINASI ICHIDAGI JAROHATLARGA ASOSAN: to‘qnashuv vaqtida haydovchi va uning oldidagi passajir, o‘tirgan joyidan oldinga va yuqoriga uriladilar; haydovchi va passajir mashinaning oldingi oyna qismiga va oldingi ustuniga boshlari bilan urilishi mumkin. Bunda haydovchi yonidagi passajirga qaraganda ko‘proq jarohatlanadi, sababi u ko‘krak yoki qorni bilan rul chambaragiga uriladi; orqada o‘tirgan passajirlar ham oldinga va yuqoriga urilib, bosh qismi, bo‘yin qismi bilan jarohat oladi. Ular oldingi o‘tirg‘ich ustidan uchib o‘tib oynaga to‘qnashishlari yoki singan oyna orqali tashqariga chiqib ketishlari mumkin. To‘qnashuv vaqtida avtomobilda bo‘lgan kishilarning deyarli hammasi jarohatlanadi. Shu jarohat tufayli ularning 95% da qo‘shma va murakkab shikastlanishlar uchraydi. O`limga bevosita sababchi holatlar — bosh miya jarohatlari, shok va qon ketish hisoblanadi. Qo‘shma jarohatlar tufayli kelib chiqadigan o‘limga ko‘proq ichki a’zolar bilan tayanch harakat a’zolarining birga zararlanishi sabab bo‘ladi. Download 19.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling