Avtomat soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi


Download 112.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.05.2023
Hajmi112.15 Kb.
#1452333
Bog'liq
Avtomat - Vikipediya



Avtomat
Avtomat soʻzini bildiruvchi bir necha
sahifa topildi. 
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan
maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga
emas, toʻgʻri kerakli maqolaga
yoʻnaltirishingiz mumkin.
Avtomat (yun. automatos – oʻzi
harakatlanuvchi) – 1) ma’lum ishdagi
barcha jarayonlarni berilgan dastur


boʻyicha kishining ishtirokisiz oʻzi ba-
jaradigan qurilma. A.ni bir oz sozlab,
ayrim hollarda nazorat qilib turish kerak
boʻladi. Avtomobil dvigatellari porshenini
ishlab chiqaradigan avtomat-lashtirilgan
zavodda metallni eritishdan tortib, to
tayyor porshen olish, por-shenlarni
saralash va hatto yashiklarga
joylashgacha barcha ishlarni A.lar baja-
radi. Yarim A.larda ayrim operatsiya ba-
jarilgach, mashina oʻz-oʻzidan toʻxtaydi,
uni ishchi yana yurgizib yuboradi. A. va
yarim A.lar mashinasozlik, toʻqimachilik,
oziq-ovqat sanoatlarida, qishloq
xoʻjaligida keng qoʻllaniladi. Mas, paxta
ekishda seyalkaning uyaga chigit tashlab
beradigan qismi oddiy A.


hisoblanadi.A.lar texnologik (turli
avtomatlash-tirilgan agregatlar va
boshqalar), energetik (avtomatik
asboblar, qurilmalar va boshqalar),
transport (avtomashinist, avtopilot va
boshqalar), hisoblash-yechish (hisoblash
mashinalari va boshqalar), savdo
(magazin-avtomat va boshqalar), harbiy
(avtomatik qurollar va boshqalar), mai-
shiy avtomatlar, oʻyin avtomatlari va
boshqa turlarga boʻlinadi."Oʻzi
harakatlanadigan" mexanizmlar
qadimdan ma’lum. Prujinali va mayatnikli
soatlarning yaratilishi (17-a) A. rivojiga
ancha ta’sir etdi. A.dan sanoatda
foydalanish 18-asrga – sanoat inqilobi
davriga toʻgʻri keladi. Elektro-texnikaning


rivojlanishi (19-asr) elektr yordamida
harakatlanadigan A.ning pay-do
boʻlishiga olib keldi. Elektronikaning
paydo boʻlishi (20-asr) bilan tamoman
yangi elektron avtomatik qurilmalar va
boshqaruvchi hisoblash mashinalari pay-
do boʻldi. Shu tufayli A.ning imkoni-yatlari
va qoʻllanilish sohalari borgan sari
kengaymoqda; 2) kibernetikaning asosiy
tushunchalaridan biri; diskret (rakamli)
axborotlarni diskret vaqt taktlari bilan
qayta ishlaydigan texnika va biologik
tizimning mavhum modeli (qarang
Avtomatik boshqarish nazariyasi).
[1]
Avtomat (qurol)
Avtomat (mexanizm)


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Avtomat&oldid=2397084" 
dan olindi
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 2-Dekabr 2021, 12:51 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 112.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling