Avtomatik boshqarish sistemalarining asosiy tipik
Zvenolarning parallel ulanishi
Download 72.88 Kb.
|
-avtomatik-boshqarish-sistemalarining-asosiy-tipik-zvenolari-va-ularni.raw
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zvenolarning teskari bog’lanish zanjiri orqali ulanish.
Zvenolarning parallel ulanishi.
Bu holda hamma “n” ta zvenolarning kirishiga bitta signal ta’sir etadi, chiqish signallari esa qo’shiladi. Y(p)= Y1(p)+ Y2(p)+…+ Yn(p) (17) Y1(p)= W1(p) x(p) Y2(p)= W2(p) x(p) (18) …………………. Yn(p)= Wn(p) x(p) (18) tenglamani (17) tenglamaga qo’yamiz va quyidagi ifodani olamiz: Y(p)= W1(p) + W2(p) +…+ Wn(p) x(p) Bunda W(p) =Y(p)/ x(p)= W1(p)+ W2(p) +…+ Wn(p) Yoki W(p)=Wi(p) (19) Shunday qilib, zvenolari parallel ulangan bog’lanishning uzatish funksiyasi ayrim zvenolar uzatish funksiyasining yigindisiga teng bo’lar ekan. Zvenolarning teskari bog’lanish zanjiri orqali ulanish. Bunday bog’lanishning struktur sxemasi 12-rasmda keltirilgan. Teskari bog’lanish manfiy va musbat bo’ladi. Agar e(r)=x(r)-utb(r) bo’lsa, manfiy teskari bog’lanish ,aks holda musbat teskari bog’lanish deyiladi. Sistemani fikran solishtiruvchi elementdan oldin ajratib, ochiq sistema hosil qilamiz. Bunda 2ta ketma-ket ulangan zvenolarning bog’lanishi hosil bo’ladi. Shuning uchun ochiq sistemaning uzatish funksiyasi W(p)= Wm(p) Wtb(p) ga teng bo’ladi. Wm(p)-to’g’ri zanjirning uzatish funksiyasi. Wtb(p)-teskari bog’lanish zanjirining uzatish funksiyasi. Y(p)= Wm(p)e(r) (20) e(r)= x(r) Ytb(p) (21) (21) tenglamani berk sistemaning ulanish tenglamasi deyiladi. Ytb(p)= Wtb(p) Y(p) (22) (22) tenglamani oldin (21) ga keyin esa (20) tenglamaga qo’yib, berk sistemaning uzatish funksiyasi aniqlanadi. Y(p)= Wm(p) x(r) - Wtb(p) Y(p) Y(p)= 1+Wp (p)= Wm(p) x(p) F(r)=Y(p)/x(p)=Wm (p)/1+ Wm(p) W(p)=Wm(p)/1+Wm(p) (23) Bu erda W(p)= Wm (p)W(p) ochiq sistemaning uzatish funksiyasi. Agarda teskari bog’lanish musbat bo’lsa, unda F(r)= Wm (p)/(1- W(p)) bo’ladi. Ochiq sistemaga birlik manfiy teskari bog’lanish kiritganda berk sistemaning uzatish funksiyasi (23) formulaga muvofiq quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.
Foydalanilgan Adabiyotlar: 1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 y. 2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -Toshkent, 1982 y. 3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y. 4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, - Toshkent, 1964 Download 72.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling