Avtomatik boshqarish tizimlarini axborot bilan ta’minlash
Birlamchi axborotni tekislash metodlari
Download 0.88 Mb.
|
Avtomatik boshqarish tizimlarini axborot bilan
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zgaruvchi o`rtacha qiymat metodi
Birlamchi axborotni tekislash metodlari: Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish masalalarini hal qiluvchi boshqaruvchi hisoblash mashinasiga kelayotgan o`zgaruvchilarning oniy kirish qiymatlariga birlamchi ishlov beriladi. Bu ish o`zgaruvchini o`lchashda, shuningdek, birlamchi o`zgartkichni va mashinani bog`lovchi kanalda yuz beradigan tasodifiy ta’sirlardan tozalashga imkon beradi. Masalan, agregatlarda gaz sarfini o`lchashda o`lchanayotgan foydali signalga gaz puflash qurilmalari ishlab chiqaradigan gaz oqimining pulsatsiyalari, o`lchash qurilmasi kirishidagi impuls naychalardagi bosimning o`zgarishi hisobiga bo`ladigan ta’sirlar, shuningdek, pnevmatik signalni elektr signalga, keyin esa analog signalni diskret signalga va boshqa almashtirish hisobiga yuz beradigan ta’sirlar qo`shiladi. Turli xil filtrlar foydali signalni tiklashning turli xil xatoligini beradi.
Korxona ishini nazorat qilishda ko`pincha birlamchi o`zgartkichlarning (datchiklar) yuzlab va minglab signallari filtrlashga to`g`ri keladi. Shuning uchun foydalaniladigan filtrlarning turini asoslab tanlash zarurati tug`iladi. Filtrlash aniqligi va murakkabligi orasidagi kelishuv zarurligini hisobga olib, ishlanishi biroz soda, biroq nooptimal bo`lgan filtrlarning amalda yuz beradigan sharoitlarda optimal filtrlarga biroz yutqazishini tahlil qilish kerak. Bu hol aniq nazorat tizimlari uchun filtrlash algoritmlari qatoridan uning ishlash aniqligini va hisoblash qurilmasini undan bir necha marta foydalanilganda ham yuklanishni hisobga olgan holda eng yaxshisini tanlab olishga imkon beradi. Kirish signallarini tekislashga va filtrlashga imkon beruvchi bir qator algoritmlarni qarab chiqamiz. O`zgaruvchi o`rtacha qiymat metodi: Bu metod amaliyotda keng qo`llaniladi va o`lchanayotgan signalni yuqori chastotali ta’sirlardan o`zgaruvchi o`rtacha qiymatni hisoblash yo`li bilan filtrlashga imkon beradi. Uzliksiz variantda: bu yerda – o`zgaruvchi o`rtacha qiymatning kattaligi, T – o`rtachalash intervali, Z(S) – tekislanuvchi kirish o`zgaruvchisining o`zgarishini tavsiflovchi funksiya, S – joriy vaqt, t – integrallash chegaralari. Diskret variantda: bu yerda n – hisoblashlarda ishtirok etuvchi nuqtalar soni, - datchiklarni so`rash davri. Hisoblashning keltirilgan metodi kamchiliklariga yig`indisining oraliq qiymatlarini saqlash uchun boshqaruvchi hisoblash mashinaning operativ xotirasi hajmining juda kattaligini kiritish mumkin. ning qiymati ABTni sonli usullar bilan ishlab chiqish bosqichida hisobga olinadi. Optimallashtirish filtrlash xatoligi minimum mezoniga ko`ra amalga oshiriladi. U ta’sirlarning parametrlariga va datchiklarni so`rash mezoniga hamda datchiklarni so`rash davriga bog`liqdir. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling