Avtomatik liniyalar, agregat stanoklari va dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklar haqida asosrc tushunchalar


Download 94.39 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi94.39 Kb.
#1187474
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomatik liniyalar, agregat stanoklari va dastur bo\'yicha boshq

1. Bunkersiz liniyalar:


Avtomatik liniyalar sistemasiga misol qilib ГПЗ-1 dagi avtomatik sexni ko'rsatish mumkinki, uning tarkibida 850 dona texnologik usku-nalar bo'lib, ular 13 texnologik oqimga birlashtirilgan.
Qayta sozlanuvchi avtomatik liniyalar qayta sozlanmaydigan av­tomatik liniyalar kabi bir xil unifikatsiya qilingan uzellar va qurilma-lardan tuziladi. Faqat qayta sozlanuvchi liniyalar tarkibiga rezerv pozitsiyalar kiritilib, ular oldindan boshqa zagotovkalar uchun baza va mahkamlash qurilmalari bilan ta'minlangan bo'ladi. Shuningdek buriluvchan qurilmalarga ega bo'lgan kuch mexanizmlari ham qo'llaniladi.
17.2. Agregat stanoklari, ularning tarkibi, afzallik va kamchiliklari


Agregat stanoklari deb shunday stanokIarga aytiladiki, ular bir necha maxsus (original) detallardan foydalanib turib, asosan stan-dartlashgan (unifikatsiya qilingan) uzel va detallardan yig'iladi. Agre­gat stanoklari yarim avtomatik yoki avtomatik sikllari bo'yicha ishlay-di. Ulardabirvaqtning o'zida ko'p sonli kesuvchi asboblarbilan ishlov berish amalga oshiriladiki, bu ish unumdorligining keskin ortishiga olib keladi. Zamonaviy agregat stanoklarida bir vaqtda ishlaydigan as-boblarning soni o'rtacha 5...10 tani tashkil etadi, ba'zi hollarda bir nech3 o'nlab bo'ladi.
Bu stanoklarda bir vaqtning o'zida bir necha, har xil burchaklar ostidajoylashgan yuzalarga ishlov beriladi (11.4-rasmga qarang). Bir o'rnatishda detaining o'zaro bog'langan yuzalariga ko'p sonli asbob-Iar bilan ishlov berish nafaqat ish unumdorligini oshiradi, balki yuzalarning bir-biriga nisbatan joylashuvidagi aniqlikning sezilarli dara-jada yuqori bo`lishini ta'minlydi. Agregat stanoklari detal teshiklriga ishlov berish aniqligining 8-9-kvalitetlar, o'qlar orasidagi masofa ±0,15 mm, yo'nish 11...12-kvalitetlarbo'yichabo'lishinita'minlaydi. . Agregat stanokdan ishlov o`tgan detallarning o'zaro almashuvchanligini ta'minlaydi, bu esa yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarishning eng muhim shartlaridan biridir. Agregat stanoklarining kamchiliklari:

  1. universal stanoklarga qaraganda qayta sozlash ishlarida ancha qiyinchilik tug'diradi;

  2. bir xil ishlarni bajara oladigan maxsus stanoklarga qaraganda gabarit o'lchoviari (L*B*H) ancha katta bo'ladi.

Agregat stanoklarining kompanovkasi ishlov beriladigan yuza-larning shakli va o'lchamlariga, qabul qilingan texnologikjarayonga va boshqa omillarga bog'liqdir. Asosiy kompanovkalash birliklari bo'lib kuch uzellari, korpus detallari, shpindel uzellari, zagotovkani o'rnatib mahkamlash va bo'shatish moslamalari xizmat qiladi.
Kuch uzellari kuch kallaklari va kuch stollariga bo'linadi. Surish harakati yuritmasi o'zigajoylashtirilgan kuch stollari va kallaklari o'z-o'zidan harakatlanuvchi, alohida yuritmalari esa o'z-o'zidan harakat-lanmaydigan deb hisoblanadi.
Agregat stanoklarida va avtomat liniyalarda gidravlik kuch kallak­lari eng ko'p qo'llaniladi. Zagotovkani o'rnatib mahkamlash mosla­malari zagotovkani berilgan aniqlikda bazirovka qilish va ularni ishon-chli mahkamlashni ta'minlaydi. Yo'ldosh-moslamalar murakkab shaklli detallarni, shuningdek qayta sozlanuvchi liniyalarda har xil shaklli zagotovkalar guruhlariga ishlov berishda foydalaniladi.

Download 94.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling