avtomatik rostlash.
Avtomatik nazorat o’z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik
o’lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig’ishga ajratiladi.
Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni, texnologik jarayon ko’rsatkichlari
chegaraviy ko’rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik
o’lchash texnologik jarayonni asosiy ko’rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib
berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash maxsulotni og’irlik o’lchamlari, rangiva boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi.
Avtomatik axborotni yig’ish texnologik jarayon o’tishi, maxsulotni sifati, soni va
boshqa ko’rsatkichlari xaqida ma’lumot yig’ishda xizmat qiladi.
Avtomatik ximoya normal va xalokat xolatlarida qo’llaniladi. Bu holda
himoya vositalari jarayonni to’xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu xolatlarni
chetlashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |