Avtomatik o’chirgichlar
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatik o\'chirgichlar
Avtomatik o’chirgichlar Chuqur kitobiy tilda to’xtalib o’tirmaymiz asosiy joylarini ko’rib chiqamiz. Avtomatik o’chirgichlarni vazifasi kabel yoki shinalarni nominaldan katta tokdan himoya qilish. 1 - kirish va chiqish klemalar 2 - yoy so’ndiruvchi kamera 3 - elektromagnit ajratgich 4 – issiqlik ajratgich Avtomatlarda 2 xil himoya bor: 1 - Teplovoy rasepitel = issiqlik ajratgich Kabelni katta tokdan himoya qilish, ya’ni nominalidan ortiqcha yuklamadan himoya qilishimiz. 2 – Elektromagnit rasepitel = elektromagnit ajratgich Kabelni qisqa tutashuvdan himoya qilish. Qisqa tutashuv nima? Qisqa tutashuv elektr tokini rejalashtirilmagan qisqa yo’l bilan borishi; faza bilan fazani, faza bilan nolni to’g’ridan to’g’ri ulanilishi. Bunday holatda, hadat tashqari katta tok oqimi hosil bo’ladi. PUE da manashu ikki himoya maishiy elektr tarmoqlarda bo’lishi talab qilingan. Ya’ni qo’yadigan avtomatimizda issiqlik ajratgich va elektromagnit ajratgich bo’lishi shart. Issiqlik ajratgichlar nominalidan oldin yoki o’tib o’chirishi havo haroratigayam bog’liq. Avtomatlardagi nominal tok odatda +30℃ haroratga to’g’ri keladi. Aytaylik 16A avtomatimiz -35℃ - 21.1A o’chirsa +70℃ esa 13.4A o’chiradi, bu normal holat. Bu ko’rsatgichlar avtomat qo’llanmasida yozilgan. Undan tashqari avtomatlar o’zini nominalidan 1.13 marta tok oshib ketsa 1 soat mobaynida o’chmasligi va 1.45 marta oshsa 1 soat mobaynida o’chishi kerak (ГОСТ 50345). Elektromagnit ajratgich sinflarga bo’linadi: A,B,C,D,Z,K. Bu nima degani - qisqa tutashuv paytida avtomatni nominal tokidan nechi marta oshib o’chirishi. Sinflarni to’g’ri tanlashda elektro qurilmalarni puskavoy momentni va linya oxiridagi qisqa tutashuv tokini xisoblash kerak bo’ladi. Odatda sotuvda asosan B,C,D sinfli avtomatlarni uchratishimiz mumkin! Aytaylik avtomatimiz C16 C sinfli - 16 amperli Issiq holatida ya’ni avtomat ishlab turgan payti 16*5=80A o’chirsa Sovuq holatida ya’ni avtomatda iste’molchi ulanmagan payti 16*10=160A o’chiradi. Bu bo’lishi mumkin qisqa tutashuv yoki puskavoy momenti katta elektro qurilma ulaganimizda. Avtomatik o’chirgich tanlaganda qutubiga e’tibor berish kerak: 1 – qutubli faza uchun 2 – qutubli faza va nol yoki ikki faza uchun 3 – qutubli uch faza uchun 4 – uch faza va nol uchun Xulosa qilib aytadigan bo’lsak birinchi yuklamani hisoblaymiz keyin kabel tanlaymiz va kabelga qarab avtomatik o’chirgich tanlaymiz, zaxirasi bilan avtomat nominal toki kabel nominal tokidan kichik bo’lishi kerak! Agar kabel montaj qilingan bo’lsa, lekin yuklama katta bo’lsa kabel nominal tokidan katta avtomat qo’yolmaymiz. Sababi kabelimiz qizib ishdan chiqishi va avtomatimiz esa buni sezmasligi mumkin. Xavfsizlik esa doim birinchi navbatda!!! Telegram kanalimiz: https://t.me/UzbekistanElectric Telegram guruhimiz: https://t.me/UzbekistanElectricGroup Youtube kanalimiz: https://youtube.com/@UzbekistanElectric Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling