Ishlash usuliga kura bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning uzi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun kushimcha energiya kerak bulsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga kura rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bulinadi. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri jixatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |