Avtomatik rostlash tizimlarining strukturaviy sxemasi. Ochiq va berk konturli tizimlarning uzatish funksiyasi va chastotaviy uzatish funksiyalari


Download 1.19 Mb.
bet2/4
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1434736
1   2   3   4
Bog'liq
12 maruza

Blok-algebra qoidalari ko’p tarkibiy zvenolardan tashkil topgan ARS ning analizi va sintezini ancha soddalashtiradi. ARS ning dinamik hususiyatlari tarkibiy elementlar harakteristikalari va ularning bir biriga ulanish tartibiga ko’ra aniqlanadi. Shuning uchun bir xil zvenolarning turlicha qo’shilishi turli dinamik xossali sistemalarni tashkil qiladi. Zvenolarning ketma-ket ulanishi 1.18-rasmda va uzatish funksiyalariga ega bo’lgan ketma-ket ulan gai, ikkita zvenodan hosil bo’lgan sistemaning sxemasi keltirilgan. Zanjirli uzatish funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:

ABT ning blok-sxemasini (yuqorida berilganlarga asosan) quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Berilgan sxemada BQ (boshqaruv qurilmasi)ga uch turdagi ma’lumotlar kiritiladi. Boshqaruv ob’ektning holatini belgilovchi, uning kattaligi haqidagi ma’lumot. Boshqaruv maqsadini beruvchi X ning qiymati haqidagi ma’lumot, BO ning normal ishlashiga xalaqit beruvchi parametrlarning qiymati – F haqida ma’lumot. Ammo yuqorida sanalgan ma’lumotlarning faqat ba’zilari bilangina ishlaydigan ABT lar ham bo’ladi. Bunda foydalaniluvChi ma’lumotlar turiga ko’ra ABT lari 2 ta asosiy tiplarga bo’linadi: ochiq tizimlar va yopiq tizimlar.

Ochiq ABT larda BOdan chiquvchi kattalik – U o’lchanmaydi. Bu tizimning ochiq tizim deyilishiga sabab, unda BO dan chiqayotgan ma’lumotlar bilan BQ ga kirayotgan ma’lumotlar orasida hech qanday bog’liqlik yo’qligi, kirish va chiqish nuqtalarini birlashtirib yopiq kontur hosil qilinlaganligidir. Ochiq ABT da faqat X, yoki faqat F, yoki ularning har ikkalasi bo’lishi mumkin. Birinchi holda boshqaruv faqat tashqi signal – X ning qiymatiga ko’ra amalga oshiriladi. X qiymatining o’zgarishi boshqaruvchi signal–U va mos ravishda BO dan chiquvchi qiymat – U ning o’zgarishiga olib keladi. Bunda tizim ishining aniqligini, ya’ni berilayotgan X ga mos qiymat – U ning ishini faqat tizim parametrlarining doimiyligi, ishonchligigi belgilaydi. Bunday tizimlar yuqoridagi shartlarning yetarlicha stabil (o’zgarmas) bo’lganida va katta aniqlik talab qilinmagan joylardagina ishga yaroqli bo’ladi. Sinxron generatorni dasturli boshqarish ochiq ABT ga misol bo’la oladi:


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling