Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi
Download 94.7 Kb.
|
АТВ 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari.
- bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich
- Uzlukli ishlovchi
7.6. Elektromagnitli muftalar
Muftalar — uzatma va ishchi mexanizmlar orasidagi bog’lovchi zveno hisoblanadi. Ularning ish prinsipi bog’lovchi elementlarning elektromagnit xususiyatlariga asoslangan. Elementlarning bog’lanishi ko’rinishiga qarab muftalar funksiyali quruq ishqalanuvchan, qovushoq ishqalanuvchan va siljish muftalarga ajratiladi. Quruq ishqalanish muftasi (7.4, a-rasm) 3 va 9 vallarga bog’langan 5, 6 - ikkita yarim mufta holda 2 xalqa va 4 shetkalardan kuchlanish qabul qiluvchi 1 cho’lg’amdan tashkil topgan. 6- yarim muftaning boshqariluvchi qismi 8- shponkaning o’qi bo’yicha xarakatlanadi, u ishchi mexanizmning 9-vali bilan bog’langan. Boshqariluvchi 6 mufta 7 prujina yordamida 5 boshqaruvchi muftaga nisbatan siqiladi. Cho’lg’amlarga elektr toki berilishi bilan hosil bo’lgan elektromagnit maydon 7 prujina kuchini yengib, boshqariluvchi 6 muftani tortadi. Ishqalanish kuchlari hisobiga 5 va 6 yarim muftalarda hosil bo’ladigan aylantiruvchi moment boshqaruvchi valdagi boshqariluvchi valiga o’tkaziladi. Uzatilayotgan aylantiruvchi momentni kattalashtirish uchun muftalarni ko’p diskli ko’rinishda tayyorlanadi. Qovushoq ishqalanuvchi muftalar (7.4 b-rasm) ferroparo-shakli yoki magnitli emulsiyali tarkibiga ega bo’lib, boshqariluvchi va boshqaruvchi elementlarda bog’lovchi qatlam hosil bo’ladi. Bunday muftalarning xarakterli tomoni shundaki, magnit oqimi ortib borishi bilan uzatiluvchi aylantiriluvchi moment ortib boradi. Bunday muftalar yuklamalarga nisbatan chidamli bo’lib, tez xarakatlanuvchan IM lardan hisoblanadi (vaqt doimiysi Т=0,005... 0,008 s), ularning uzatish koeffitsiyenti K=3500. Bu muftalar konstruktiv tuzilmasiga ko’ra g’altaklarning joylashishi, soni, ishchi yuzasining shakliga, tok o’tkazgichlarining ko’rinishi va boshqa belgilariga ko’ra farqlanadi 7.4-rasm. Quruq ishqalanish va qovushoq ishqalanish muftasining konstruktiv va elektr sxemalari. 3. Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari. Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. Rostlanuvchi miqdorning turiga ko’ra rostlagichlar quyidagilarga bo’linadi: bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning o’zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo’shimcha energiya kerak bo’lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko’ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va xokazo) rostlagichlarga bo’linadi. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko’rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning o’zgarishi va rostlovchi ta’sir o’rtasidagi bog’lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko’ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo’ladi.Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo’linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bo’yicha avvaldan ma’lum bo’lgan programma (qonun) bo’yicha o’zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofiq tuzilgan bo’ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bo’yicha o’zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o’zgarishiga mos bo’ladi. Download 94.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling