Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assemblerda dastur tuzishning asosiy qoidalari Komanda kodlari
Sodda dasturlash.Dasturni qoniqarli sozlashda kodlashni oddiyligi va to‘g‘riligi katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun xar xil simvol belgiyu va x.klardan foydalanmaslik kerak. CHunki ular dasturni sozlashda katta to‘sqinlar hosil qiladi. Murakkab dasturning boshlang‘ich bosqichlarida oddiy va kichkina bloklar, uni soddalashtirish uchun kushib eziladi. Dasturni qulay o‘qishligi sozlashni xam osonlashtiradi. Dasturni foydalanishga berishdan oldin uni to‘g‘riligigi ishonch xosil qilish kerak. Noto‘g‘rilikni aniqlashni ikkita usuli bor: Dasturni konstruksiyasi sintaktik xato. Dastur noto‘g‘ri natijalar ko‘rsatmoqda. Assemblerda dastur tuzishning asosiy qoidalari Komanda kodlariMa’lumki mikroprotsessor faqat ikkilik kodlar bilan ishlaydi. Bu kodlar to‘plami orasida mikroprotsessorni belgilangan harakat (operatsiya)ni bajarishga majbur qiladigan alohida kodlar guruhi mavjud bo‘ladi. Bu kod komanda tizimidan bitta tegishli komandani aniqlaydi. Har qanday komanda kodi xotira qurilmasida ikkilik 8 razryadli son (bayt) ko‘rinishida bo‘ladi. 1 bayt ѐrdamida 28q256 turli kodli kombinatsiyalarni shaklllantirish mumkin. KR580VM80 mikroprotsessori ham deyarli o‘shancha komandaga (244) ega. Tabiiyki, 244 ta kodni eslab qolish unchlik oson emas, shuning uchun har bir kodga uning harakatini ko‘rsatuvchi so‘zning inglizcha tarjimasining qisqartmasi hisoblanadigan komandaning mnemonik nomlanishi (mnemonikasi) mos ravishda qo‘yiladi. Komandaning mnemonik kodi uning funksiyasini oson eslab qolishga va dastur ѐzilishini sezilarli darajada soddalashtirishga imkon beradi. Dastur ѐzilishining bu tili Assembler tili deb ataladi. Assemblerda dastur ѐzilgandan keyin uni yana mikroprotsessor tushunadigan tilga, ya’ni ikkilik 8 razryadli sonlar ketma-ketligi ko‘rinishiga o‘tkazish zarur. Ikkilik raqamlar ketma-ketligiga o‘tkazish maxsus translyator-dasturlar (bu dasturlar «kross-assembler» ѐki «assembler» deb ham ataladi) ѐrdamida avtomatik ravishda ѐki qo‘lda amalga oshiriladi. Komandalar bir, ikki ѐki uch bayt uzunligida bo‘ladi. Komandaning ѐzilishida baytlar shtrix bilan ajratiladi. Masalan: - LDA_V2_V3 - adreslari komandaning ikkinchi va uchinchi baytlarida ѐzilgan ma’lumotni xotira yacheykasidan akkumulyatorga ko‘chirish. ASSEMBLERda dastur ѐzish bir qancha amaldagi qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Dastur fayli istalgan matn muharririda ѐziladi va unga *asm kengaytmasi beriladi. Dastur komandalar ketma-ketligi ko‘rinishida bo‘ladi. Har bir komanda bir qatorda ѐziladi va to‘rtta qism (maydon)dan iborat bo‘ladi. Masalan: metka operatsiya operand izoh Metka – berilgan qatorda joylashgan komanda adresining simvolik nomi bo‘lib odatda dastur bajarilish jaraѐnida unga murojaat qilinishi ko‘riladigan komandalarga beriladi. Metka harfdan boshlanadi va uning uzunligi chegaralanmagan, lekin faqat birinchi 8 simvollar farq qiladi. Metka ichida probel ishlatilmasligi kerak. metka sifatida registrlar nomi, komanda kodi va shunga o‘xshash boshqalar ishlatilmasligi kerak. bitta dasturda ikki va undan ortiq bir xil metka bo‘lmasligi kerak. Ikki nuqta metka va operatsiya orasida ajratuvchi bo‘lib hisoblanadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling