Avtomatlashtilgan ishlab chiqarish texnologiyasi Reja


Download 1.12 Mb.
Sana13.02.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1193763
Bog'liq
1 mavzu AICHT

TSTU. Mechanical engineering

  • Otabek Khasanov Abdumo‘min o‘g ‘li

Avtomatlashtilgan ishlab chiqarish texnologiyasi

Reja:

1. Fanni o‘qitishdan maqsad

2. Fanning vazifasi


Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning
texnologik asoslari.
Fanni o‘qitishdan maqsad –zamonaviy avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida mashina detallarini tayyorlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish usullarini ongli qo‘llash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida qo‘llanadigan jihozlarning texnologik imkoniyatlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ixtiyoriy avtomatlashtirilgan: donabay, seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida detallar tayyorlash, yig‘ish jarayonlari operatsiyalarini avtomatlashtirishda umumiy holat va yondashuvlarni yoritib berish va texnologik jarayonlarini tuzish usullarini o‘rgatishdan iborat.
Buning uchun talabalar avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologik jihozlarining turlarini, jumladan RDB stanoklari va moslanuvchan ishlab chiqarish sistemalarining yangi zamonaviy turlarining tuzilishi, ishlash prinsipi va ekspluatatsion xarakteristikalari haqidagi tasavvurga ega bo‘lishi, qirqish asboblarining konstruksiyalarini va texnologik imkoniyatlarini bilishlari kerak. Bu fan «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanining avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida amaliy masalalarini hal qilish bo‘yicha davomi hisoblanadi. Ushbu dastur mashinasozlik sohasida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari haqidagi umumiy ma’lumotlarni, fan rivojining tendensiyasi va istiqboli, masalalarini qamraydi.
”Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish“ yo‘nalishi bakalavrlari avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda texnologik jarayon tarkibi va mazmunini ishlab chiqish, namunaviy detallar tayyorlash texnologik jarayonini tuzish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishi mahsulot konstruksiyasining murakkablashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining tez o‘zgaruvchanligi hamda mahsulotni ishlab chiqarish muddatlarining qisqaligi bilan xarakterlanadi. Bunday sharotlarda ishlab chiqarishini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish, hamda mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari chuqur ilmiy asoslangan yondoshuvni talab etadi. Shuning uchun yuqori unumdorlikka va aniqlikka ega avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida texnik iqtisodiy jihatdan optimallik mezonlariga javob beradigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalarini hal etish ishlab chiqarishda muhim o‘rin egallaydi.

  • Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarishi mahsulot konstruksiyasining murakkablashuvi va ishlab chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining tez o‘zgaruvchanligi hamda mahsulotni ishlab chiqarish muddatlarining qisqaligi bilan xarakterlanadi. Bunday sharotlarda ishlab chiqarishini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish, hamda mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlash masalalari chuqur ilmiy asoslangan yondoshuvni talab etadi. Shuning uchun yuqori unumdorlikka va aniqlikka ega avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida texnik iqtisodiy jihatdan optimallik mezonlariga javob beradigan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalarini hal etish ishlab chiqarishda muhim o‘rin egallaydi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling