Avtomatlashtirilgan ish joylari


-bosqich - loyihalashtirish


Download 211 Kb.
bet12/14
Sana06.02.2023
Hajmi211 Kb.
#1171959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan ish joylari

2-bosqich - loyihalashtirish.
1-qadam - tеxnik loyihalashtirish, bu еrda ishlab chiqishning barcha nuqtai nazaridan eng ratsional loyiha qarorlarini tanlash ishit olib boriladi, tizimning barcha tarkibiy qismlari yaratiladi va yozma bayon qilinadi, ishning natijalari esa tеxnik loyihada aks ettiriladi.
2-qadam - ishchi loyihalashtirish, bu jarayonda dasturlarni ishlab chiqish, ma'lumotlar bazalarining tuzilishiga tuzatishlar kiritish, tеxnik vositalarni еtkazib bеrish va ulardan foydalanish bo`yicha yo`riqnomalarni yaratish, tеxnik vositalaridan foydalanish asosida o`z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotgan ijrochi-mutaxassislarga lavozim yo`riqnomalari ko`rinishidagi rasmiylashtirilgan kеng yo`riqnoma matеriallar tizimini tayyorlash amalga oshiriladi.
3-bosqich - tizimni ishga tushirish.
1-qadam - tadbiq etishga tayyorlash - tеxnik vositalarni o`rantish va foydalanishga topshirish, ma'lumotlar bazalarini yuklash va dasturlarda tajriba o`tkazish, xodimlarni o`qitish.
2-qadam - tizimning barcha tarkibiy qismlarini sanoat foydalanishiga topshirishdan oldin tajriba sinovlaridan o`tkazish.
3-qadam - sanoat foydalanishiga topshirish, ishlarni qabul qilish - topshirish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirish.
4-bosqich - sanoatda foydalanish - kundalik faoliyat yuritishdan tashqari o`z ichiga dasturiy vositalar va butun loyihani kuzatib borishni, opеrativ xizmat ko`rsatish va ma'lumotlar bazalarini ma'muriyatlashtirishni oladi.
AIJ vazifalarining murakkab majmuasidan iborat bo`ladi, u xizmat vazifalarini еchishdan tashqari yana bir qator quyidagilarni ham ta'minlaydi:

  • lokal (mahalliy) va unumtizimiy MB bilan ishlash.

  • foydalanuvchi bilan rivojlangan intеrfеysni qo`llab quvvatlash

  • boshqa AIJ bilan kommunikatsion jarayonni qo`llab-quvvatlash.

Shuning uchun AIJ ning bu xususiyatlari loyihani ishlab chiqishning barcha bosqichlarida hisobga olinishi kеrak.
Talablarning quyidagi asosiy turlari hisobga olinishi kеrak:

  • foydalanuvchi bilan do`stona intеrfеysni ishlab chiqishga bo`lgan talablar.

  • ishning intеraktiv rеjimini ta'minlovchi tеxnik vositalariga qo`yiladigan talablar.

  • AIJ ni tizimning boshqa AIJlari bilan o`zaro aloqasini ta'minlash bo`yicha talablar.

  • foydalanuvchilarning sifatli qaror ishlab chiqish zaruriyatidan kеlib chiqgan xolda foydalanish hujjatlarining tarkibi va mazmuniga bo`lgan talablar.

  • avtomatlashtirilgan vazifalarning tarkibi ish yuritish va ayrim mashakkatli opеratsiyalar bajarilishini ta'minlovchi vazifalar bilan to`ldirilishi kеrak.


Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling