Avtomatlashtirilgan tokarlik dastgohlarining ishlash
www.scientificprogress.uz
Download 418.59 Kb. Pdf ko'rish
|
avtomatlashtirilgan-tokarlik-dastgohlarining-ishlash-prinsipi
www.scientificprogress.uz
Page 233 harakatlanuvchi o`qi va ish boshlari mavjudligi jihozni doimiy ravishda qayta sozlashsizlar tuli operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Raqamlashtirish bu nafaqat samarali funfsiyalar yechimi izlashgagina asoslanmay, balki insonlarni o`sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi. Raqamli boshqaruvga qo`yiladigan asosiy talablar bu- ishonchlilik, texnologiyalilik, standartlashtirish va ekologiyaga zarali ta`sirlarni chegaralash hamda eng asosiysi tejamkorlik hisoblanadi. Raqamli boshqaruv paneli tizim o`zgaruvchilarini kuzatish va nazarot qilish uchun ko`plab sohalarda qo`llaniladi. Asosan sanoat, texnika va qishloq xo`jaligida mavjud bo`lgan barcha uskunalarning samarali ishlashi uchun asos hisoblanadi. Namlik, bosim va harorat- bu elektron boshqaruv paneli yordamida osongina boshqariladigan o`zgaruvchilar hisoblanadi. Bu panellar oldindan taxmin qilinadigan xatti-harakatlarni nazorat qilib, korxonalarning mablag`larini tejashga yordam beradi. Ular kompressorlarda, aylanma nasoslarda, ishlab chiqarish tizimlarida, dvigatelni boshqarish panellarida va sovutish zavodlarida asosiy uskuna hisoblanadi. Shuningdek, ishlab chiqarishda ommaviy ishlab chiqarish buyumlarining ayrim komponentlari turli xil mahsulotlarni yaratish uchun RDB dastgohlaridan foydalanish ish oqimini aniqlik, tezlik va ishonchlilik nuqtai nazaridan soddalashtirishi mumkin. Bizga ma`lumki, ommaviy ishlab chiqarishda ko`p chiqindi hosil bo`ladi. RDB dastgohlarida ishlanadigan detallarda esa xom-ashyoning aniqligi va kam isrof qilinishi orqali xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Bundan tashqari RDB dastgohlaridan foydalanishning afzalliklari quyidagilardan iborat: 1. Mashinani qo`lda ishlatish nazorat qilib bo`lmaydigan qismlarni ko`chirishga xavf tug`diradi. RDB dastgohlarida ishlov berish esa xavfsizdir. 2. Mashinaning qo`lda ishlashi bilan bog`liq insoniy xato omillarini oldini olish uchun, RDB dastgohalarida bir siklda elementni ishlab chiqarish va uni tez takrorlash lozim. 3. RDB dastgohi puxta dasturlashtirilgan va yaxshi sozlanganidan so`ng, kesish jarayoni tez va sifatli ishlashi uchun aniq ko`rsatilgandek bo`ladi. Yaxshi natijadan so`ng mashina bu qismni har safar xuddi shunday aniqlikda bajaradi. 4. RDB dastgohlari bir vaqtning o`zida egilgan bir nechta o`qda ishlashi mumkin va hattoki burchakda ham ishlay oladi. 5. RDB dastgohlarining yana bir afzalligi shundaki, ular murakkab boshqaruv texnikasini amalga oshirish qobiliyatiga ega. 6. Raqamli boshqaruv panellari bilan o`lchanadigan fizik miqdorlar odatda o`xshash bo`ladi. Raqamli boshqaruv panellari ushbu jismoniy miqdorlarning kirish hamda chiqishlarini kuzatadi va boshqaradi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 418.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling