Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlarini loyihalash


Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy xujjatlar


Download 0.54 Mb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1008995
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avtomatlashtirish sistemalarining shchit va pultlarini loyihalash

Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy xujjatlar
Shchit va pultlarni tayyorlashdagi asosiy xujjat, bu shchit va pultlarning frontal va ichki tomondan ko‘rinishi xamda ichki simlarning ulanish chizmalaridir. Shchit va pultlarning loyixa xujjatlariga shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari, elektr simlarni montaj qilish jadvallari va shchit va pultlarni OST 3673-76 bo‘yicha spetsifikatsiyasi kiradi.


Shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari
Shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalarini aloxida shchitlar va yig‘ma shchitlar uchun ishlab chiqiladi.
Alohida shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalariga (rasm 35.) shchitning old tomondan frontal yuzasi ko‘rinishi, ichki tomondan ko‘rinishi, tablo va ramkalardagi yozuvlar jadvali, tarkibiy qismlar ro‘yxati va asosiy yozuvlar kiradi.
Yig‘ma shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmasiga (rasm 37.) old tomondan frontal yuzasi ko‘rinishi, tarkibiy qismlar ro‘yxati va asosiy yozuvlar kiradi.
Alohida shchitlarning umumiy ko‘rinishi chizmalari 1:10 masshtabda, shchit xonasidagi yig‘ma shchitlarning joylashish chizmasi esa 1:25 masshtabda ko‘rsatiladi. O‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarini bu chizmalarda soddalashtirib, tashqi ko‘rinish chiziqlari ko‘rinishida chiziladi. Shchitdagi xamma elementlarga pozitsiya nomerlari beriladi.


Old tomondan ko‘rinish chizmalari.
Bu chizmada o‘lchov asboblari va mnemosxema keltirilib, ularning gabarit o‘lchamlari qo‘yib ko‘rsatiladi. Vertikal bo‘yicha o‘lchamlar panelning pastki chegarasidan boshlab qo‘yiladi va gorizontal yo‘nalishdagi o‘lchamlar panelning simmetriya o‘qidan yoki panel chetidan boshlab qo‘yiladi (rasm 35).
O‘lchov asboblari pozitsiya belgilarining pastida o‘rnatish chizmalarining (montaj chizmalari) nomeri ko‘rsatiladi.
Agar ulovchi simlar shchitga tepadan kiritiladigan bo‘lsa, unda bu chizmaga shchit tomining ko‘rinishi qo‘shiladi.
Shchit xonasiga joylashtirilgan shchitlarning umumiy ko‘rinishida o‘lchov asboblari ko‘rsatilmaydi.
Agar shchitlarning joylashtirilishining umumiy ko‘rinishi murakkab bo‘lsa, unda uni yoyib ko‘rsatilishi mumkin.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling