7 trubali o’tishlar uchun armature, birlashtiruvchi qurilmalarni tanlash.
Trubali o’tishlarni loyihalashda , shuningdek, armaturalar va birlashtiruvchi qurimalarni tanlash masalasi ham yechilishi kerak. Armature va birlashtiruvchi vositalarni to’g’ri tanlash oqibatida sozlash va remont ishlari, ko’chirish ishlari yengillashadi.
Armatura va birlashtiruvchi vositalarni tanlashda quyidagi talablarni e’tiborga olish lozim:
Armature va birlashtiruvchi vositalarning materiallari agressiv g’alayonlarga chidamli bo’lishi kerak;
Armature va birlashtiruvchi vositalar ulardan oqib o’tayotgan massa temperaturasi va bosimi maksimal bo’lgan vaqtda ham mexanik jihatda mustahkam bo’lib, bardosh bera olishi kerak;
Armaturaning zaxiradagi qismlari trubali o’tishlarning o’tishlarini mustahkam yopishi, salniklar esa massalar oqib o’tganda maksimal darajada mustahkamlikni ta’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |