I
|
Texnologik parametrlarni nazorat qilishni amalga oshirish usuli
|
K1i
|
1.
|
Joyida o‘rnatilgan asboblar bilan nazorat qilish
|
0.2
|
2.
|
Parametrlar chetlashganda signalizatsiyali nazoratning shchitli tizimi
|
0.7
|
3.
|
Raqamli asboblarni markazlashgan nazorat va boshqaruv vositalarini qo‘llanib (start, rejim, Kaskad, Mikrodat va h. k.) nazorat qilish, parametrlarining chetlashishini signallash va chaqirish
|
0.85
|
4.
|
EHM, mini-EHM va mikroprotsessor texnikasini qo‘llanib nazorat qilish, parametrlar og‘ishini signallash, displeyga chaqirish.
|
1.0
|
Nazorat parametrlari, sonini amalga oshirish usullari bo‘yicha hisoblashda qo‘yidagi qoidalarga amal qilish lozim: birinchidan, aynan bitta parametr amalga oshirishning turli usullariga kira olmaydi (uni eng ahamiyatli usulga kiritish zarur); ikkinchidan, joyiga ko‘ra texnologik qurilmalar bilan komplekt tarzda keltiriladigan asboblar bilan nazorat qilinadigan, shuningdek, faqat yurgizish, sozlash va BTO da tekshirish uchun zarur asboblar bilan nazorat qilinadigan parametrlar hisobga olinmaydi.
Xom ashyo, yarimfabrikat va maqsadga qaratilgan mahsulot parametrlarini nazorat qilishni avtomatlashtirish darajasi ko‘rsatkichi quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlandi:
(21.3)
bu yerda n2i – i- usul bo‘yicha nazorat qilinuvchi parametrlar soni, n20 – sifatni nazorat qilish parametrlarining umumiy soni (texnologik reglament bo‘yicha belgilanadi); K2i – qiymatlari quyida keltirilgan xom ashyo, yarim fabrikatlar va maqsadga qaratilgan mahsulotlar parametrlarini nazorat qilishning aniq usuli koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |