Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «Autocad asoslari»
Download 1.04 Mb.
|
metodichka AutoCAD amal
Annotatsiya
Talabalarning avtomatik boshqarish asoslari fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materillar, elektron materillar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqrishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. “Avtomatik boshqarish asoslari” umumkasbiy fani hisoblanib, 4 –semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika) va umumkasbiy (elektrotexnika va elektronika, texnologik o‘lchashlar va asboblar) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. Ishlab chiqarishda erishilgan muvaffaqiyatlar hamda yutuqlar mamlakatimizning iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush farovonligini oshirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan sanoatni yaratish uchun asos bo‘lmoqda. O‘z navbatida avtomatik boshqarish ishlab chiqarish samaradorligini mutassil oshirish, maxsulot sifatini yuqori darajaga ko‘tarish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasini ta’minlash uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan kutilgan maqsadga erishish uchun texnologik jarayonlar va texnologik agregatlar avtomatlashtirish prinsiplari va imkoniyatlariga to‘la amal qilgan holda tayyorlangan bo‘lishi kerak. SHuning uchun ushbu fan umumkasbiy fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir. Kirish Konchilik va kimyo mahsulotlari texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining muhim sohalari bo‘lib hsoblanadi. Har bir viloyatda konchilik va kimyo texnologiyalari korxonalari mavjud bo‘lib, bu korxonalar yangi, sarador zamonaviy texnologiyalar, asbob – uskunalar, nazorat o‘lchov aboblari va boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan va jixozlanish davom etmoqda. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan boshqarish va rostlashning ilmiy asoslarini o‘rganib, ishlab chiqarshda modda, muhit, mahsulotlarni nazorat qilish, ularning asosiy ko‘rsatkichlarini o‘lchash hamda boshqarish uslublarini va asboblarini amalda qullash muhim ahamiyatga egadir. Fan o‘qitilishidan maqsad – boshqarish nazariyasini chuqur bilgan holda zamonaviy hisoblash mashinasi yordamida avtomatik sistemalarni yaratishda, joriy etishda, amaliyotga tavsiya etishda, ilmiy tadqiqotlarda va hisoblash ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan va yo‘nalish bo‘yicha ta’lim standarti talab qilgan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdir. Fanning vazifasi –boshqarishning asosiy tushunchalari, ta’riflari, sistema tarkibidagi elementlarning matematik modellari, sistemalarning turg‘unlik mezonlari hamda sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashni talabalar o‘zlashtirishidir. “Boshqarish nazariyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: – boshqarish nazariyasining rivojlanish tendensiyalari; – sanoatda va texnik ob’ektlarni avtomatlashtirish; – avtomatik sistemaning o‘rni va roli haqida tasavvurga ega bo‘lishi; – avtomatik boshqarishning asosiy prinsiplarini; – avtomatik boshqarish sistemalarining asosiy turlari va ularning matematik ifodasini; – boshqarish sistemasining turg‘unlik holatlarini hamda sifat ko‘rsatkichlarini baholash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi; – avtomatik boshqarish va rostlashning hisoblarini amalga oshirish; – zamonaviy boshqarish sistemalari va texnologik jarayonlarning asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash; – avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining yangi vositalarini yig‘ish, ishga tushirish va ulardan foydalanish, shuningdek, sinash, foydalanish uchun topshirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling