Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»


-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati


Download 299.8 Kb.
bet6/46
Sana31.01.2024
Hajmi299.8 Kb.
#1820019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini-fayllar.org

8-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining davlat tomonidan boshqarilishini metrologiya bo‘yicha milliy organ — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlaridan, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan iboratdir.
Davlat metrologiya xizmati maxsus vakolatli davlat organi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalaridan, shuningdek O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan iborat.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzuridagi maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan bo‘linmalardan iboratdir.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan maxsus tashkil etilgan hamda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxslardan va (yoki) ular huzuridagi bo‘linmalardan (bundan buyon matnda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari deb yuritiladi) iborat.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish hamda metrologiya tekshiruvini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va majburiyatlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlarda o‘rnatiladi.
9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari
Maxsus vakolatli davlat organi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
mamlakatda metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi mintaqalararo va tarmoqlararo tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va ishchi holatda saqlab turish qoidalarini o‘rnatadi, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlaydi;
o‘lchash uslublari, vositalari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni belgilaydi;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi, shuningdek metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtiradi;
davlat sinovlaridan o‘tgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan O‘lchash vositalarining davlat reyestrini yuritadi;
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qiladi;
ilmiy kadrlar va muhandis-texniklar tayyorlashni hamda qayta tayyorlashni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etadi;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi ishlashi va rivojlanishini hamda uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlaydi;
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni oladi.

Download 299.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling