Avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi «O‘lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish»
-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Download 0.99 Mb.
|
O\'lchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish 9 ab 20 msm
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar. Davlat inspektori: Oldingi tahrirga qarang. xo‘jalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish; (9-moddaning 2-qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda) xo‘jalik faoliyati subyektidan davlat nazoratini o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish; davlat nazoratini o‘tkazishda xo‘jalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish; standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o‘tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o‘lchovlarni) o‘tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi; mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; xo‘jalik faoliyati subyekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega. Oldingi tahrirga qarang. Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: (9-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati subyektlariga nisbatan jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; standartlar buzilishida aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish; Oldingi tahrirga qarang. tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; (9-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni man etishda mutlaq huquqqa egadirlar. Keyingi tahrirga qarang. Davlat inspektorlarining mahsulotni realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni) man etish yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini buzganlik uchun xo‘jalik faoliyati subyektlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to‘laydilar. Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. (9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga muvofiq beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda) Keyingi tahrirga qarang. Xo‘jalik faoliyati subyektlari berilgan ko‘rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar. Keyingi tahrirga qarang. Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Keyingi tahrirga qarang. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling